UJK · 3-modda

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasida:

uy-joy fondidan foydalanish va uning asralishini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini yuritadi, uy-joy sohasini rivojlantirishning davlat kompleks dasturlarini qabul qiladi;

uy-joy xoʻjaligi va kommunal xizmat koʻrsatish boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatiga rahbarlik qiladi;

turar joylarni taqsimlash hamda arenda, ijara shartnomalari boʻyicha fuqarolarga berish, shuningdek ularni almashtirish hamda sotish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

uy-joy va kommunal xizmatlar uchun haq toʻlash tizimini tartibga soladi;

kompensatsiya, kredit hamda ssudalar berish tartibi va shartlarini tartibga soladi;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.