PF-1012-son Farmon · 28.11.1994

Oʻzbekiston Respublikasi aholisining barcha turdagi pensiyalarini oshirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1012
  • Qabul qilingan sana:28.11.1994
  • Kuchga kirgan sana:28.11.1994
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 11-12

Pensionyerlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash maqsadida:

1. 1994-yilning 1-dekabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat pensiyasining eng oz miqdori oyiga 135 soʻm qilib belgilansin.

2. Hozirgi vaqtda amalda boʻlgan barcha turdagi pensiyalar, shuningdek bolalikdan nogironlarga, keksa va mehnatga yaroqsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,2 baravar oshirilsin.

3. Mazkur Farmonni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplansin.

4. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1994-yil 28-noyabr,

PF-1012-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.