PQ-3142-son Qaror · 20.07.2017

Toshkent viloyatining maʼmuriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3142
  • Qabul qilingan sana:20.07.2017
  • Kuchga kirgan sana:25.07.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 29

Toshkent viloyatida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarni yanada jadallashtirish, ayniqsa shaharlardagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridagi mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, viloyatning iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish, ushbu vazifalarni amalga oshirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini takomillashtirish va ularning masʼuliyatini yanada kuchaytirish, shuningdek shahar va tumanlar aholisining farovonligini oshirish va turmush sifatini yaxshilash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining:

Toshkent viloyatining Oʻrtachirchiq tumanidagi Toʻytepa shahrini viloyat boʻysunuvidagi shahar turkumiga kiritish hamda uni Toshkent viloyatining maʼmuriy markazi etib belgilash;

Toshkent viloyatining Ohangaron va Yangiyoʻl shaharlarini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish hamda Zangiota tumani hududi chegarasi doirasida Zangiota va Toshkent tumanlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maqullansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Toshkent viloyatining Oʻrtachirchiq tumanidagi Toʻytepa shahri negizida viloyat boʻysunuvidagi shahar turkumiga kiradigan Toʻytepa shahrini tuzish va uni Toshkent viloyatining maʼmuriy markazi etib belgilash, Toshkent viloyatining Ohangaron va Yangiyoʻl shaharlarini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish hamda Zangiota tumani hududi chegarasi doirasida Zangiota va Toshkent tumanlarini tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiga taklif kiritsin.

3. Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi joriy etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:

aholining ehtiyoj va talablarini oʻrganish asosida shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qisqa va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirilishini taʼminlash;

shaharlarning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, zamonaviy tejamkor texnologiyalar bilan jihozlash tadbirlarini amalga oshirish;

shaharlardagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish.

4. Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yangiyoʻl, Chinoz tumanlari va yangidan tashkil etiladigan Toshkent tumani hokimliklarining meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda ularga amaliy yordam koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.

Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yangiyoʻl, Chinoz tumanlari va yangidan tashkil etiladigan Toshkent tumanining tuman prokuraturalari, ichki ishlar boʻlimlari, davlat soliq inspeksiyalari hamda yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlarining tumanda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishga koʻmaklashish hamda yer resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish toʻgʻridan-toʻgʻri tegishliligiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti tarkibida 4 ta shtat birligidan iborat Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yangiyoʻl, Chinoz tumanlari va yangidan tashkil etiladigan Toshkent tumanida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish masalalari boʻyicha shuʼba tashkil qilinsin.

5. Toshkent viloyatidagi avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

6. Respublika komissiyasi (A. Aripov):

bir oy muddatda avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazilishini taʼminlasin va ularning roʻyxatini shakllantirsin;

roʻyxatga kiritilgan har bir qurilishi tugallanmagan obyekt va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydoni boʻyicha undan samarali foydalanish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin hamda uni amalga oshirish boʻyicha tegishli choralar koʻrsin;

amalga oshiriladigan yangi loyihalar doirasida xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilgan holda eksportbop va import oʻrnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishni taʼminlasin;

qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish hamda kelajakda yangi loyihalarni amalga oshirish istagini bildirmagan mulkdorlarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan taʼsirchan choralarni koʻrish boʻyicha qarorlar qabul qilsin;

ikki hafta muddatda komissiya reglamenti loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tuzilmasiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taklif kiritsin.

9. Toshkent viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari kotibiyatiga qoʻshimcha 5 ta shtat birligi ajratilsin hamda 35 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti tashkil qilinsin.

Belgilansinki:

Toshkent viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari kotibiyatiga qoʻshimcha ajratilayotgan 5 ta hamda tashkil etilayotgan Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamentining 35 ta shtat birligi moliya, soliq va iqtisodiyot organlari shtat birliklarini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi;

Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti ikki tomonlama — viloyat hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga boʻysunadi.

(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)

10. Toshkent viloyati hokimligi boshqaruv apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib Toshkent viloyati hokimligi boshqaruvi apparati xodimlarining shtatlar jadvalini qayta koʻrib chiqsin.

11. Toshkent viloyati hokimligi bir oy muddatda Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarining funksional vazifalari va uning kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamentining tuzilmasi va nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)

13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni 2017-yilda ajratsin, 2018-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Parkent” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.S. Ismailov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 20-iyul,

PQ-3142-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyuldagi PQ-3142-son qaroriga 1-ILOVA

Toshkent viloyatida avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyuldagi PQ-3142-son qaroriga 2-ILOVA

Toshkent viloyati hokimligi boshqaruv apparatining

HokimYordamchi — 1Hokimning sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosariHokimning shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosariHokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmi rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariHokimning kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosariHokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi Hokimning turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariHokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosariHokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosariHokim oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻiTashkiliy-nazorat guruhi:rahbar — 1bosh mutaxassis — 2yetakchi mutaxassis — 11-toifali mutaxassis — 15Kotibiyat:mudir — 1yetakchi mutaxassis — 11-toifali mutaxassis — 13Kotibiyat:mudir — 1bosh mutaxassis — 1yetakchi mutaxassis — 13Kotibiyat:mudir — 1bosh mutaxassis — 1yetakchi mutaxassis — 13Kotibiyat:mudir — 1bosh mutaxassis — 1yetakchi mutaxassis — 11-toifali mutaxassis — 14Kotibiyat:mudir — 1bosh mutaxassis — 11-toifali mutaxassis — 13Kotibiyat:mudir — 1bosh mutaxassis — 2yetakchi mutaxassis — 21-toifali mutaxassis — 16Kotibiyat:mudir — 1bosh mutaxassis — 1yetakchi mutaxassis — 11-toifali mutaxassis — 14Kotibiyat:mudir — 11Kotibiyat:bosh mutaxassis — 11Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash guruhirahbar — 1bosh mutaxassis — 1yetakchi mutaxassis — 13Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi4Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati2Yuridik xizmat:boshliq — 1bosh yuriskonsult — 12Axborot-tahlil guruhi:rahbar — 1bosh mutaxassis — 2yetakchi mutaxassis — 36Ishlar boshqarmasi7

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PQ-413-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 07/24/413/0992-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.