PQ-3144-son Qaror · 24.07.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “2017-2021-yillarda respublikada soya ekishni tashkil etish va soyali dukkakli ekinlar yetishtirishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2832-son qaroriga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3144
  • Qabul qilingan sana:24.07.2017
  • Kuchga kirgan sana:31.07.2017
  • Holati:Amalda

Soyali dukkakli ekinlar ekish va yetishtirish hajmlarini yanada koʻpaytirishni taʼminlash, aholining oʻsimlik yogʻiga boʻlgan, chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklarining toʻyimli ozuqaga boʻlgan ehtiyojini toʻliqroq qondirish hamda qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “2017 — 2021-yillarda respublikada soya ekishni tashkil etish va soyali dukkakli ekinlar yetishtirishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2832-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 24-iyul,

PQ-3144-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi PQ-3144-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “2017 — 2021-yillarda respublikada soya ekishni tashkil etish va soyali dukkakli ekinlar yetishtirishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2832-son qaroriga kiritilayotgan

1. 5-bandda:

birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzpaxtayogʻ” AJ, qayta ishlovchi boshqa tashkilotlar, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:

fermer xoʻjaliklaridan xarid qilinadigan kutilayotgan soya hosili umumiy qiymatining 40 foizi miqdorida 3-ilovaga muvofiq avans mablagʻlari bosqichma-bosqich ajratilishini;

uchinchi xatboshidan “dorilangan va” soʻzlari chiqarib tashlansin.

2. Quyidagi mazmundagi 7-1, 8-1 va 8-2-bandlar bilan toʻldirilsin:

“7-1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermerlar kengashi, “Oʻzpaxtayogʻ” AJning 2018-yil hosilidan boshlab soya xaridi uchun davlat buyurtmasini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Belgilansinki, soya xaridi uchun davlat buyurtmasi ushbu mahsulot turiga boʻlgan talabdan kelib chiqqan holda quyidagilarni barqaror taʼminlash uchun shakllantiriladi:

qayta ishlovchi tashkilotlarni yogʻ ishlab chiqarish uchun xomashyo bilan;

oʻsimlik yogʻi assortimentini kengaytirish chora-tadbirlari doirasida aholini soya yogʻi bilan;

chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklarini toʻyimli ozuqa bilan.

8-1. Respublika hududlarining turli tuproq-iqlim sharoitlarida xorijiy seleksiyali soyaning yangi serhosil navlarini sinovdan oʻtkazish boʻyicha ishlarni amalga oshirish, soya yetishtirish boʻyicha ijobiy tajribaga ega davlatlarning seleksiya va urugʻchilik ilmiy muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgan soya navlarini tumanlashtirish maqsadida “Oʻzpaxtayogʻ” AJ yogʻ-moy tashkilotlari tuzilmasida seleksiya, urugʻchilik, soya yetishtirish agrotexnikasi va qayta ishlashni rivojlantirish boʻyicha ilmiy-texnik markazlar tashkil etilsin va ularning ustavlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

“Oʻzpaxtayogʻ” AJ yogʻ-moy tashkilotlari bilan birgalikda bir oy muddatda ilmiy-texnik markazlarning asosiy funksiya va vazifalari, shuningdek ular faoliyatining boshqa meʼyorlar va jihatlarini belgilab bergan holda, Seleksiya, urugʻchilik, soya yetishtirish agrotexnikasi va qayta ishlashni rivojlantirish boʻyicha ilmiy-texnik markazlar toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

Yogʻ-moy tashkilotlarining oʻz mablagʻlari seleksiya, urugʻchilik, soya yetishtirish agrotexnikasi va qayta ishlashni rivojlantirish boʻyicha ilmiy-texnik markazlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.

8-2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Toshkent davlat agrar universitetida 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab “Soya va boshqa moyli oʻsimliklarni yetishtirish agrotexnologiyalari” kafedrasini tashkil qilsin.

3. 1-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“RAZMEShENIYE posevnix ploщadey soi pod urojay 2017 goda

4. 2-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“PROGRAMMA MERpo razvitiyu vozdelivaniya soi v respublike, sozdaniyu visokourojaynix sortov, rasshireniyu ix posevnix ploщadey, a takje organizatsii pervichnogo semenovodstva soi na 2017 — 2021 godi

5. 3-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“SUMMA AVANSOVIX SREDSTV, videlyayemix organizatsiyami, vxodyaщimi v sostav AO “Uzpaxtayog”, drugimi pererabativayuщimi organizatsiyami, Natsionalnim bankom vneshneekonomicheskoy deyatelnosti Respubliki Uzbekistan v predelax 40 protsentov ot obщey stoimosti ojidayemogo urojaya soi 2017 goda, zakupayemogo u fermerskix xozyaystv

6. 4-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“OBʼEMI videleniya organizatsiyam, vxodyaщim v sostav AO “Uzpaxtayog”, neobxodimix kreditov dlya zakupki semyan soi i poetapnogo avansirovaniya fermerskix xozyaystv v razmere 50 protsentov ot obщey stoimosti ojidayemogo urojaya soi 2017 goda, isxodya iz srokov agrotexnicheskix meropriyatiy po vozdelivaniyu soi

7. 5-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“OBʼEMI potrebnosti v goryuche-smazochnix materialax i mineralnix udobreniyax pod urojay soi 2017 goda

Regioni Vsego posevnix ploщadey, ga GSM (tn) Mineralnie udobreniya (tn) azot fosfor Respublika Karakalpakstan 950 105 114 95 oblasti: Andijanskaya 1 602 176 192 160 Buxarskaya 3 950 435 474 395 Djizakskaya 1 800 198 216 180 Kashkadarinskaya 3 000 330 360 300 Navoiyskaya 989 109 119 99 Namanganskaya 3 095 340 371 310 Samarkandskaya 1 560 172 187 156 Surxandarinskaya 2 529 278 303 253 Sirdarinskaya 2 500 275 300 250 Tashkentskaya 2 400 264 288 240 Ferganskaya 1 500 165 180 150 Xorezmskaya 1 100 121 132 110 Vsego: 26 975 2 968 3 236 2 698 ”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.