PQ-3140-son Qaror · 19.07.2017

Sankt-Peterburg shahrida (Rossiya Federatsiyasi) Oʻzbekiston Respublikasining bosh konsulxonasining ochilishi toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3140
  • Qabul qilingan sana:19.07.2017
  • Kuchga kirgan sana:19.07.2017
  • Holati:Amalda

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va manfaatlari samarali himoya qilinishini taʼminlash, ularga sifatli konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining migratsiya oqimlari monitoringini amalga oshirish maqsadida:

1. Sankt-Peterburg shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi ochilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

2017-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahrida ochilayotgan Bosh konsulxonasini hisobga olgan holda xorijiy muassasalarni qoʻshimcha moliyalashtirishni amalga oshirsin;

Oʻzbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga uchta avtomobil saqlash uchun limit ajratsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:

bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasini shtat jadvaliga muvofiq butlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflar kiritsin;

ikki oy muddatda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi va Sankt-Peterburg shahri maʼmuriyati bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasini joylashtirish va jihozlash masalasini, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 19-iyul,

PQ-3140-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.