PF-5929-son Farmon · 30.01.2020

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hayʼatining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5929
  • Qabul qilingan sana:30.01.2020
  • Kuchga kirgan sana:30.01.2020
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/20/5929/0115

Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni 19-moddasiga muvofiq, shuningdek mamlakatimizda qonuniylik va jinoyatchilikning holatini, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni hamda prokuratura organlarining faoliyatiga doir masalalarni tizimli ravishda tanqidiy muhokama qilish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hayʼati aʼzolarining soni oʻn bir nafardan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hayʼatining yangilangan tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hayʼati (N. Yoʻldoshev) oʻn kun muddatda prokuratura organlarida hayʼat majlislarini oʻtkazish tartibini tasdiqlasin.

Belgilab qoʻyilsinki, prokuratura organlarida hayʼat faoliyatini tashkil etishda asosiy eʼtibor:

hududlarda qonuniylikni taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilishiga;

har bir tuman (shahar) prokurorining sektorlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ishlarning holatiga;

qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlashga qaratilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.T. Yoʻldoshev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 30-yanvar,

PF-5929-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PF-5929-son Farmoniga1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hayʼatining

Izoh: Hayʼat aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.

(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-110-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 06/23/110/0506-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PF-5929-son Farmoniga2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim farmonlari

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hayʼatining tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi PF-4890-son Farmoni.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hayʼatining tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5263-son Farmoni.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hayʼatining tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5373-son Farmoni.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hayʼatining tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5419-son Farmoni.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.