PQ-4895-son Qaror · 17.11.2020

1993-yil 22-yanvardagi Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya va 2002-yil 7-oktabrdagi Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4895
  • Qabul qilingan sana:17.11.2020
  • Kuchga kirgan sana:18.11.2020
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/20/4895/1519

1993-yil 22-yanvarda Minsk shahrida imzolangan Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya (keyingi oʻrinlarda — Minsk Konvensiyasi) va 2002-yil 7-oktabrda Kishinev shahrida imzolangan Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya (keyingi oʻrinlarda — Kishinev Konvensiyasi) qoidalaridan kelib chiqadigan Oʻzbekiston Respublikasining huquqlarini amalga oshirish hamda majburiyatlarining samarali bajarilishini taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan:

2019-yil 26-avgustdagi OʻRQ-554-son Qonuni bilan Oʻzbekiston Respublikasining Kishinev Konvensiyasiga qoʻshilinganligi;

2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-593-son Qonuni bilan Minsk Konvensiyasiga doir Bayonnomaning (Moskva, 1997-yil 28-mart) ratifikatsiya qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Quyidagilar:

Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya (Minsk, 1993-yil 22-yanvar) va unga doir Bayonnomaga (Moskva, 1997-yil 28-mart) aʼzo davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;

Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (Kishinev, 2002-yil 7-oktabr) aʼzo davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilansinki:

Minsk Konvensiyasi, unga doir Bayonnoma (Moskva, 1997-yil 28-mart) va Kishinev Konvensiyasiga aʼzo davlatlarning vakolatli organlari bilan mazkur qarorning ilovalarida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha hamkorlik bevosita ushbu ilovalarda koʻrsatilgan respublika organlari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) yoki ularning hududiy organlari yoxud tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;

vakolatli organlar tomonidan ularning markaziy apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari yoki hududiy organlari yoxud tasarrufidagi tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda — tarkibiy boʻlinmalar) Minsk Konvensiyasi va Kishinev Konvensiyasi boʻyicha bevosita hamkorlikni amalga oshirishga masʼul etib belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi hamda uch kundan kechikmasdan Tashqi ishlar vazirligiga bu haqda xabar beriladi;

vakolatli organlarning Minsk Konvensiyasi va Kishinev Konvensiyasi boʻyicha hamkorlikni amalga oshirishga masʼul etib belgilangan tarkibiy boʻlinmalarining ushbu organlar rahbariyati tomonidan jiddiy zaruratsiz almashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;

vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar Minsk Konvensiyasi va Kishinev Konvensiyasi doirasida soʻrovlarni koʻrib chiqish (ijro etish) va yuborishda vakolatli organlar hamda ularning masʼul tarkibiy boʻlinmalariga tegishli maʼlumotlarni taqdim etishda amaliy yordam koʻrsatadi;

mazkur qarorning ilovalarida nazarda tutilgan masalalar vakolatli organlarning qonun hujjatlari bilan belgilangan vakolat doirasiga taʼsir etmaydi;

vakolatli organlarning rahbarlari Minsk Konvensiyasi va Kishinev Konvensiyasidan kelib chiqadigan Oʻzbekiston Respublikasining huquqlarini amalga oshirish hamda majburiyatlarining samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

4. Vakolatli organlar:

ikki hafta muddatda mazkur qarorning ilovalarida nazarda tutilgan oʻzlariga biriktirilgan har bir masala boʻyicha hamkorlikni amalga oshirishga masʼul tarkibiy boʻlinmalar roʻyxatini tasdiqlasin hamda ular bilan aloqaga chiqish uchun zarur maʼlumotlarni ilova qilgan holda Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etsin;

kelgusida ushbu roʻyxatga kiritiladigan oʻzgartirishlar haqida Tashqi ishlar vazirligini belgilangan muddatda xabardor qilib borsin.

5. Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov) bir oy muddatda vakolatli organlar va ularning masʼul tarkibiy boʻlinmalari yakuniy roʻyxatini shakllantirsin hamda vakolatli organlar haqidagi xabarnomalarni konvensiyalar depozitariylariga yuborsin.

6. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib vakolatli organlar rahbarlari belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 17-noyabr,

PQ-4895-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-noyabrdagi PQ-4895-son qaroriga 1-ILOVA

Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya (Minsk, 1993-yil 22-yanvar) va unga doir Bayonnomaga (Moskva, 1997-yil 28-mart) aʼzo davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-noyabrdagi PQ-4895-son qaroriga2-ILOVA

Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (Kishinev, 2002-yil 7-oktabr) aʼzo davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari

T/rVakolatli organning nomiHamkorlik masalalari1.Oliy sudJinoyat, fuqarolik, oilaviy va iqtisodiy sud ishlarini yuritish bilan bogʻliq masalalar;sud hujjatlarini topshirishga doir topshiriqlarni yuborish va koʻrib chiqish hamda ularni topshirishni tasdiqlash;sud protsessual harakatlarini yuritish va ularni ijro etish boʻyicha topshiriqlarni joʻnatish va koʻrib chiqish;fuqarolik, oilaviy va iqtisodiy ishlar boʻyicha qarorlar, shuningdek shunday ishlar boʻyicha sud tomonidan tasdiqlangan yarashuv bitimlarini tan olish va ijro etish;sud organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.2.Bosh prokuraturaSudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinadigan protsessual harakatlarni amalga oshirish;hukmni tan olish va ijro etish boʻyicha iltimosnomalar;topshiriqni ijro qilish jarayonida huquqiy yordam soʻrayotgan davlatning vakolatli vakillari ishtirok etishi haqidagi iltimoslarni joʻnatish va koʻrib chiqish;prokurorning fuqarolik protsessida ishtirok etishi toʻgʻrisidagi soʻrovlarini yuborish va koʻrib chiqish;qoʻshma tezkor-qidiruv guruhlarini tashkil qilish boʻyicha takliflarni joʻnatish va koʻrib chiqish;jinoiy taʼqibni amalga oshirish, shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish va (yoki) hukmni ijro etish uchun ushlab berish;qamoqda saqlanayotgan yoki jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasida oʻtayotgan shaxsni vaqtincha topshirish, shuningdek uni tranzit tarzida oʻtkazish;jinoyat ishlarini birlashtirish boʻyicha iltimosnomalarni joʻnatish va koʻrib chiqish;dastlabki tergovni amalga oshirish bilan bogʻliq topshiriqlar;ish yurituvdagi jinoyat ishlari bilan bogʻliq masalalar;prokuratura organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiJinoiy yoʻl bilan olingan pul mablagʻlari va mol-mulkni, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qidirish va xatlash (tortib olish) boʻyicha iltimoslarni joʻnatish va koʻrib chiqish;ish yurituvdagi jinoyat ishlari bilan bogʻliq masalalar;Departamentning vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiFuqarolik, oilaviy, iqtisodiy va jinoyat ishlari boʻyicha mol-mulk daʼvolari berilgan soʻralayotgan ahdlashuvchi tomonlar hududida istiqomat qiluvchi shaxslarning manzillari, ish joyi va daromadlarini aniqlash haqida huquqiy yordam berish toʻgʻrisidagi soʻrovlarni yuborish va koʻrib chiqish;jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning jinoyat ishlari yuzasidan hukmlari (qarorlari)ni zararni qoplash, jarimani undirish hamda noqonuniy yoʻl bilan olingan buyumlar, mulk va daromadni davlat foydasiga undirish (konfiskatsiya qilish) qismi boʻyicha, shuningdek jinoyat sodir qilish orqasidan topilgan mulkka, shu jumladan bank hisob varaqalaridagi pul mablagʻlariga (daʼvolarni qondirish maqsadida, agar daʼvolar mulkiy huquqiy maqomni yoki mulk huquqini belgilash bilan bogʻliq boʻlsa) band solish haqidagi sud qarorlarini tan olish va ijro qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish va yuborish;ish yurituvdagi ijro hujjatlari bilan bogʻliq masalalar.3.Ichki ishlar vazirligiSudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinadigan protsessual harakatlarga taalluqli boʻlmagan ish yurituvdagi jinoyat ishlari bilan bogʻliq masalalar;sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinmaydigan protsessual harakatlar bilan bogʻliq topshiriqni (soʻrovnomalarni) ijro qilish jarayonida huquqiy yordam koʻrsatishni soʻrayotgan davlatning vakolatli vakillari ishtirok etishi haqidagi iltimoslarni joʻnatish va koʻrib chiqish;ahdlashuvchi tomonlar fuqarolarining huquqlarini amalga oshirish uchun, zarur boʻlganda, jismoniy shaxslarning roʻyxatga olingan joylari (manzillari)ni aniqlash boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish;shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish;fuqarolikka tegishlilikni aniqlash boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish;sudlanganlik haqida maʼlumotlarni taqdim qilish va ayblov hukmlari haqida xabar berish;aliment undirish ishlari boʻyicha javobgarni qidirish;ichki ishlar organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.4.Davlat xavfsizlik xizmatiSudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinmaydigan protsessual harakatlarni amalga oshirish;dastlabki tergovni amalga oshirish bilan bogʻliq topshiriqlar va ish yurituvdagi jinoiy ishlar bilan bogʻliq masalalar;Davlat xavfsizlik xizmati organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.5.Adliya vazirligiNotarial harakatlar bilan bogʻliq maʼlumotlarni talab qilish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish;pul majburiyatlariga nisbatan notarial hujjatlar va notariuslarning ijro xatlarini tan olish va ijro qilish haqidagi iltimosnomalarni joʻnatish va koʻrib chiqish;mulkni meros qilib qoldirish holatlari boʻyicha ekspert tadqiqotlarini oʻtkazish;adliya organlari sohasiga oid, shuningdek mazkur Roʻyxatda koʻrsatilmagan boshqa fuqarolik va oilaviy masalalar.Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish haqida hujjatlarni yuborish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish;yuridik shaxslar va boshqa tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatdan oʻtganligi bilan bogʻliq maʼlumotlarni talab qilish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish.6.Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiUmumiy oʻrta taʼlim haqidagi maʼlumotlarni talab qilish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish.6-1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiVasiylik va homiylikni belgilash va bekor qilish bilan bogʻliq masalalar;farzandlikka olishni belgilash va bekor qilish bilan bogʻliq masalalar.7.Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiOliy va oʻrta maxsus taʼlim haqidagi maʼlumotlarni talab qilish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish.8.Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligiKoʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning mavjud yoki mavjud emasligi haqida maʼlumotlarni talab qilish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish.9.“Oʻzarxiv” agentligiArxiv maʼlumotnomalari va boshqa arxiv hujjatlari haqida maʼlumotlarni talabqilish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish.10.Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiPensiya va nafaqalar berish bilan bogʻliq maʼlumotlarni talabqilish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PF-256-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2025-y., 06/25/256/1205-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.