Respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini yanada mustahkamlash hamda parrandachilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 1-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)
3. Mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan kompensatsiya toʻlovlarini qoplash uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 15 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻ Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga oʻtkazib berilsin.
4. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan parrandachilik loyihalarini moliyalashtirish uchun 85 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻ “Mikrokreditbank” ATBga yoʻnaltirilsin. Bunda,
1-bosqichda — 50 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar 2021-yil 1-iyulga qadar, shundan 15 million AQSH dollari “Mikrokreditbank” ATBning ustav kapitalini oshirish uchun;
2-bosqichda — 35 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar, 1-bosqich mablagʻlarining ishlatilishi samaradorligini baholash natijalari boʻyicha Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashining qaroriga asosan yoʻnaltiriladi.
Mazkur mablagʻlarning 70 million AQSH dollari ekvivalentidagi qismi tadbirkorlik subyektlariga Markaziy bank asosiy stavkasida kreditlar berish uchun “Mikrokreditbank” ATBga 10 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foiz punktdan past foiz stavkada ajratiladi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-281-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/281/0526-son)
5. Belgilansinki:
a) “Mikrokreditbank” ATBga yoʻnaltiriladigan maqsadli mablagʻlar quyidagilarni moliyalashtirish uchun ajratiladi:
parrandachilik xoʻjaliklari va omuxta yem ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan kelib chiqib, inkubatsion tuxum, bir kunlik joʻja, ozuqa mahsulotlari va uning qoʻshimchalari, dori vositalari, qoʻshimcha komponentlar, bugʻdoy, makkajoʻxori, soya doni, soya va kungaboqar shrotini zaxira qilishga aylanma mablagʻlarni toʻldirish;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-281-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/281/0526-son)
goʻsht yetishtirish yoʻnalishidagi yangi loyihalarni amalga oshirish, barcha turdagi inkubatsion sexlar, parrandachilik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash texnologik asbob-uskunalari, shuningdek, maxsus texnikalar va ularning ehtiyot qismlari hamda boshqa asosiy vositalarni sotib olish va modernizatsiya qilish;
(5-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-281-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/281/0526-son)
b) “Mikrokreditbank” ATBga yoʻnaltiriladigan maqsadli mablagʻlar hisobiga boshqa tijorat banklari orqali tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar ham moliyalashtirilishi mumkin.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
2021-yil 1-iyuldan boshlab 2024-yil 1-iyulga qadar asosiy faoliyat turi parrandachilik boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻi (tijorat banklarida joylashtirilgan mablagʻlardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qoʻllaniladi;
2022-yil 1-iyulga qadar tuxum, parranda goʻshti va mahsulotlarini eksport qiluvchi hamda soya donini import qiluvchi tadbirkorlik subyektlari (ularning vakolatli vakillari)ga avtomobil, temir yoʻl va havo transportida tashish xarajatlarini 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi;
“Parrandasanoat” uyushmasiga aʼzo korxonalar tomonidan xorijiy mamlakatlardan parrandachilik sohasi ekspert va mutaxassislarini jalb qilish xarajatlari hamda ularning 6 oylik ish haqi miqdorining 50 foizi, biroq oyiga 1 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan qismi qoplab beriladi. Bunda, mazkur xarajatlar uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan 5 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.
7. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining parrandachilik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi joriy etilsin.
Belgilansinki, “Parrandasanoat” uyushmasi raisi bir vaqtning oʻzida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining parrandachilik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari hisoblanadi.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda “Parrandasanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2021-yil yakuniga qadar 2-ilovaga muvofiq parranda mahsulotlari yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlarini bajarish choralarini koʻrsin.
9. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi va boshqa tegishli idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar veterinariya-sanitariya talablarining xalqaro tajribasiga asosan parrandachilik korxonalarini texnologik loyihalashtirish meʼyorlarini ishlab chiqsin va 2022-yil 1-yanvardan boshlab tashkil etilayotgan parrandachilik loyihalarining ushbu meʼyorlarga rioya qilgan holda amalga oshirilishini taʼminlasin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
10. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda “Parrandasanoat” uyushmasi bir oy muddatda parrandachilik tarmogʻiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha loyiha takliflarini ishlab chiqsin va 2022-yil 1-yanvarga qadar rivojlangan xorijiy davlatlardagi tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda respublikada naslchilik va omuxta yem yoʻnalishida loyihalar amalga oshirilishini taʼminlasin.
11. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 20-mavze, 35a-uyda joylashgan Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi sobiq Toshkent transport kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tegishli hududi (asosiy vositalari) bilan birgalikda Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialiga operativ boshqaruv huquqi asosida berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
12. Tomorqa xoʻjaliklarida parrandalarning anʼanaviy va kasalliklarga chidamli zot va turlari parvarishini tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
yuqori mahsuldor xonaki parrandalarning reproduktiv podalarini shakllantirish;
naslli tuxum inkubatsiyasini yoʻlga qoʻyish hamda parranda zotlarini sinovdan oʻtkazish va takomillashtirish;
shaxsiy tomorqa xoʻjaliklariga mos, ixcham parvarishlash texnologiyalari va organik ozuqalar turlarini yaratish;
aholida parranda boqish va organik mahsulot yetishtirish koʻnikmalarini shakllantirish.
13. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutida bazaviy moliyalashtirish shartlari asosida faoliyat yurituvchi 4 ta shtat birligidan iborat “Parrandachilik seleksiyasi va texnologiyasi” boʻlimini tashkil etsin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
14. “Parrandasanoat” uyushmasi Toshkent shahri, Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 21-“A” uy manziliga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
15. “Oʻzdonmahsulot” AK boshqaruv organining Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish guruhlarini “Oʻzdonmahsulot” AKga tegishli boʻlgan Toshkent shahar, Mirobod tumani, Shahrisabz koʻchasi, 36-uyda joylashgan binoda bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
16. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda yetishtirilgan va realizatsiya qilingan parranda goʻshti va tuxum uchun subsidiyalar ajratish tartibini tasdiqlasin.
17. Parrandachilikni rivojlantirish va parrandachilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
19. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilov, moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Sh.M. Gʻaniyev va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni boʻyicha axborot kiritib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 14-iyun,
PQ-5146-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi PQ-5146-son qaroriga 1-ILOVA
Hududlarda ishga tushiriladigan kushxona va muzlatkichlarni oʻz ichiga olgan parrandalarni soʻyishga moʻljallangan namunaviy loyihadagi zamonaviy komplekslar dislokatsiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi PQ-5146-son qaroriga 2-ILOVA
2021-yilda parranda mahsulotlari yetishtirishning
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi PQ-5146-son qaroriga 3-ILOVA
Parrandachilikni rivojlantirish va parrandachilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi PQ-5146-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4254-son qarori 3-bandining oltinchi xatboshisidan “Parrandasanoat” uyushmasi,” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4576-son qarorining 17-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-228-sonli Farmoniga asosan 3-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi “Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5017-son qarori 3-bandida:
birinchi xatboshidagi “1-iyuldan” soʻzlari “1-iyundan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “800 soʻm” soʻzlari “1 000 soʻm” soʻzlari bilan almashtirilsin.