Oʻzbekiston Respublikasining “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6191-son Farmoni, 2021-yil 19-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5117-son qaroriga muvofiq, shuningdek, mamlakatning turistik jozibadorligini oshirish, chet el talabalariga Oʻzbekistonda taʼlim olish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda xorijdagi fuqarolarimizni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 10-sentabr,
PF-6311-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6311-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4861-son Farmoni 5-bandidan toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6065-son Farmonida:
a) 1-ilovada:
quyidagi mazmundagi 20-1-band bilan toʻldirilsin:
“20-1. 16 yoshga toʻlgan fuqarolarga identifikatsiya ID-kartalari berilganda ular bir vaqtning oʻzida davlat soliq xizmati organlarida soliq toʻlovchi sifatida hamda jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyiladi.
Bunda, fuqaroning biografik maʼlumotlari oʻzgarishi munosabati bilan ID-karta almashtirilganda bu haqidagi maʼlumotlar real vaqt rejimida Davlat soliq qoʻmitasi va AT “Xalq banki”ga taqdim etib boriladi”;
ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish
SXEMASI
b) 2-ilovada:
quyidagi mazmundagi 21-1-band bilan toʻldirilsin:
“21-1. 16 yoshga toʻlgan shaxslarga identifikatsiya ID-kartalari berilganda ushbu shaxs bir vaqtning oʻzida davlat soliq xizmati organlarida soliq toʻlovchi sifatida hamda jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyiladi.
Bunda, shaxsning biografik maʼlumotlari oʻzgarishi munosabati bilan ID-karta almashtirilganda yoki bekor qilinganda bu haqidagi maʼlumotlar real vaqt rejimida Davlat soliq qoʻmitasi va AT “Xalq banki”ga taqdim etib boriladi”;
ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasi toʻgʻrisidagi nizomgaILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish
SXEMASI
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1875-son qarori 2, 3 va 6-bandlari hamda qarorga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 23-maydagi “Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1971-son qarori 2 va 3-bandlari hamda qarorga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-dekabrdagi PQ-2095-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik yigʻimlari tarifining rus tilidagi matnida:
a) 4-moddaga izoh quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Konsulskiy sbor za oformleniye mnogokratnoy vizi srokom do 1 goda inostrannim grajdanam i litsam bez grajdanstva, obuchayuщimsya v visshix obrazovatelnix uchrejdeniyax, raspolojennix na territorii Respubliki Uzbekistan, vzimayetsya v razmere 175 dollarov SShA, esli inoye ne predusmotreno mejdunarodnimi dogovorami Respubliki Uzbekistan, v tom chisle v sluchaye primeneniya prinsipa pariteta”;
b) 12-moddada:
“Za udostovereniye doverennostey na pravo upravleniya transportnix sredstv s otchujdeniyem imuщestva, podlejaщego spetsialnoy registratsii” ustunida:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-yanvardagi “Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib olishga yetkazish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2727-son qarori 1-bandi uchinchi xatboshisidagi “2020-yilning I choragida” soʻzlari “2021-yilda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2732-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matni 16-bandida:
quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Glava diplomaticheskogo predstavitelstva pri neobxodimosti otchitivayetsya pered Senatom Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan po voprosam, svyazannim s ego deyatelnostyu”;
oʻn beshinchi xatboshi oʻn oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish yuzasidan ariza-anketani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda yuborishlari mumkin. Bunda, ariza-anketani elektron raqamli imzo yoki shaxsni identifikatsiyalashning boshqa vositalari bilan tasdiqlash talab etilmaydi”.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4887-son qaroriga 1-ilovaning 39-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-maydagi “Sogʻliqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5124-son qarori 8-bandining uchinchi xatboshisidagi “ishlab chiqaruvchilarning eng yaxshi takliflarini” soʻzlari “eng yaxshi takliflarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi “Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-5130-son qarori 12-bandidagi “ishlab chiqaruvchilarning eng yaxshi takliflarini” soʻzlari “eng yaxshi takliflarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.