PQ-73-son Qaror · 30.12.2021

Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-73
  • Qabul qilingan sana:30.12.2021
  • Kuchga kirgan sana:30.12.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/21/73/1227

“2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida:

1. Quyidagilar:

2022-yilda ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;

2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;

2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozi 3-ilovaga muvofiq;

Foyda soligʻi toʻliqligicha Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan yirik soliq toʻlovchilar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Quyidagi soliq turlari boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetida quyidagi miqdorlarda qoldirilsin:

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻliq hajmda;

foyda soligʻi toʻliq hajmda (mazkur qarorga 4-ilovada koʻrsatilgan yirik soliq toʻlovchilar, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek, norezidentlarning toʻlov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan toʻlanadigan foyda soligʻi bundan mustasno);

qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismining 60 foizi (mazkur qarorga 4-ilovada koʻrsatilgan yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi bundan mustasno);

(2-bandning birinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-208-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 07/22/208/0311-son)

Bunda soliq turlari boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini hisoblashda yirik soliq toʻlovchilardan tushumlar (mazkur qarorga 4-ilovada koʻrsatilgan yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan soliqlar bundan mustasno) hududlar kesimida inobatga olinadi.

Moliya vazirligiga narxlar (tariflar) va qonunchilik hujjatlari oʻzgarishidan kelib chiqib, qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha daromadlar prognozini tasdiqlangan koʻrsatkichlar doirasida hududlar kesimida qayta taqsimlash huquqi berilsin.

Belgilansinki, 2021-yil IV chorak yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetiga daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini oʻtkazish 2022-yil yanvar oyida amalga oshiriladi va 2021-yilgi hisobotlarda aks ettiriladi.

3. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab ijtimoiy soliq tushumlari quyidagicha taqsimlanadi:

a) budjet tashkilotlari boʻyicha:

budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga — 99,2 foiz;

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga va Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasiga — 0,4 foiz;

(3-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 0,4 foiz;

b) boshqa toʻlovchilar boʻyicha:

budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga — 98,4 foiz;

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga va Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasiga — 0,8 foiz;

(3-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 0,8 foiz.

4. 2022-yil uchun quyidagi soliq stavkalari:

a) “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun:

foyda soligʻi 5-ilovaga muvofiq rentabellik darajasidan kelib chiqqan holda;

oltin boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 10 foiz va palladiy, kumush, mis boʻyicha 15 foiz miqdorida belgilansin. Bunda yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq bazasi ishlov berish (boyitish), qayta ishlash (affinaj) va tashish xarajatlarini chegirmagan holda aniqlanadi;

b) “Oʻzbekneftgaz” AJ uchun neft, tabiiy gaz va gaz kondensati boʻyicha 15 foiz miqdorida tasdiqlansin.

5. Oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yigʻim 1 grammiga 1 000 soʻm miqdorida saqlab qolinsin.

6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, “Oʻzdaverloyiha” ilmiy-loyiha instituti, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda 2022-yil 1-aprelgacha yerlarga soliq solish uchun ularning normativ qiymatini aniqlasin va qishloq xoʻjaligi yerlariga ega yuridik shaxslar, shu jumladan dehqon xoʻjaliklariga yetkazsin.

7. Belgilansinki, jismoniy shaxslarga ular tomonidan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarida amalga oshirilgan xarid summasining 1 foizi miqdoridagi toʻlovlar respublika budjeti daromadlari qismida qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarishga rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.

8. 2022-yil 31-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkalari qoʻllaniladigan tovarlar roʻyxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

9. Budjet xarajatlarining samaradorligini baholash maqsadida 2021-yilda tajriba tariqasida Sogʻliqni saqlash vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatining maqsadli indikatorlari joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

40 ta birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning 2022 — 2024-yillar uchun budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq maqsadli indikatorlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki:

maqsadli indikatorlarning bajarilishini baholash har chorak yakuni boʻyicha vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi;

hisobot yili yakuni boʻyicha Hisob palatasi maqsadli indikatorlarning bajarilishini auditdan oʻtkazadi.

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan maqsadli indikatorlarning bajarilishi yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasida har chorak yakunida eshitib borish amaliyoti joriy etilsin.

10. 2022-yil 1-yanvardan boshlab ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimlarini yaxshilash boʻyicha barcha loyihalar uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni Moliya vazirligi huzuridagi Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi va uning hududiy hisobraqamlari orqali moliyalashtirish tartibi belgilansin.

11. Belgilansinki, 2028-yil 1-yanvardan boshlab yer uchastkalariga doimiy foydalanish huquqi belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan yerlarda joylashgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlari hamda avtomobil yoʻllarini saqlash va taʼmirlash uchun budjet mablagʻlari ajratilmaydi.

(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)

Suv xoʻjaligi vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi Kadastr agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda irrigatsiya va melioratsiya obyektlari hamda avtomobil yoʻllari joylashgan yer uchastkalarini xatlovdan oʻtkazsin hamda 2027-yil yakuniga qadar yer uchastkalariga doimiy foydalanish huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.

(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)

Moliya vazirligi bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan yer uchastkalariga doimiy foydalanish huquqi belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish uchun mablagʻlar ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

12. Belgilansinki:

2022-yil 1-iyundan boshlab tajriba tariqasida, bosqichma-bosqich yil yakuniga qadar Suv xoʻjaligi vazirligi va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tarkibidagi barcha unitar korxonalarga faqat Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan xizmat koʻrsatiladi;

Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga oʻtkazilgan unitar korxonalarning boʻsh mablagʻlari tijorat banklari depozitlariga Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga buyurtmanoma taqdim etish orqali joylashtiriladi;

2022-yilgacha davlat unitar korxonalari boʻsh mablagʻlarining tijorat banklari depozitlariga joylashtirilgan milliy valyutadagi mablagʻlari depozitlar muddati tugagandan soʻng, ularning muddati uzaytirilmasdan tegishli gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.

13. 2022-yilda soliq yukining keskin oshishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida quyidagilar belgilansin:

jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi (tadbirkorlik faoliyatida foydalanadigan yer uchastkalaridan tashqari) summasi 2021-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim;

2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi summasi 2021-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim.

14. Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi toʻlashdan ozod etilgan soliq toʻlovchilardan ushbu soliqlardan hisoblangan summaning bir foizini undirish tartibini joriy etish haqidagi taklifi maʼqullansin.

Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur banddan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

15. Soliq toʻlovchilarga quyidagi huquqlar berilsin:

2022-yil 1-fevralga qadar 2022-yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani koʻchmas mulk obyektlariga bir kvadrat metr minimal qiymat miqdorini hisobga olmagan holda taqdim etish;

2022-yil 1-aprelga qadar kadastr organlarida koʻchmas mulk obyektlari maydonlarini taqqoslashni amalga oshirish, 2022-yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi toʻgʻrisidagi aniqlashtirilgan maʼlumotnomani penya hisoblash koʻrinishidagi javobgarlik chorasi qoʻllanilmagan holda taqdim etish;

2022-yil 1-oktabrga qadar koʻchmas mulk qiymatini baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda mustaqil baholashni oʻtkazish va 2022-yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi toʻgʻrisida aniqlashtirilgan maʼlumotnoma va baholash hisobotini soliq organlariga taqdim etish. Bunda koʻchmas mulk obyektlarini mustaqil baholash oʻtkazish rejalashtirilganligi toʻgʻrisida 2022-yil 1-aprelga qadar soliq organlarini xabardor qilish yoki oxirgi ikki yil davomida baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda oʻtkazilgan mol-mulkni baholash natijalarini soliq organlariga taqdim etishi shart;

(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-208-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 07/22/208/0311-son)

qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻi boʻyicha soliq hisobotlarini 2022-yil 1-fevralga qadar taqdim etish.

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi har bir koʻchmas mulk obyekti qiymatini mustaqil baholash natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning doimiy asosda maʼlumotlar bazasiga kiritilishini taʼminlasin.

16. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari (import shartnomalari asosida amalga oshiriladigan xaridlardan tashqari) uchun toʻlovlar faqat elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirgan holda amalga oshiriladi.

17. 2022-yil 1-apreldan 2022-yil 31-dekabrga qadar tajriba tariqasida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Uzbekistan Airways” AJ misolida tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini oʻzaro hisobga olish tartibi joriy qilinadi.

Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi 2022-yil 15-martga qadar mazkur korxonalar misolida oʻzaro hisobga olish mexanizmini ishlab chiqsin.

Moliya vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2022-yil 1-noyabrga qadar tajriba sifatida qoʻllanilgan tartibni boshqa korxonalarga tatbiq qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

18. Belgilansinki, 2022-yil 1-iyulga qadar davlat soliq xizmati organlarining “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan integratsiya qilinmaganlik yoki undagi barcha operatsiyalarni toʻliq aks ettirmaganlik uchun nazarda tutilgan javobgarlik choralari qoʻllanilmaydi.

19. 2022-yil 1-iyuldan boshlab ishlab chiqaruvchilar uchun etil spirti va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarishda soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan elektron hisobga olish va oʻlchash uskunalaridan foydalanish majburiyligi belgilansin.

20. Davlat soliq qoʻmitasi bir oy muddatda avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari hamda avtomobillarga gaz quyish va gaz toʻldirish kompressor stansiyalariga zamonaviy elektron hisobga olish va oʻlchash uskunalarini oʻrnatish, ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

21. Davlat soliq qoʻmitasi:

etil spirtini va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan elektron hisobga olish va oʻlchash uskunalaridan foydalanish ustidan tizimli va qatʼiy nazoratni taʼminlasin va belgilangan talab buzilgan taqdirda, bunday soliq toʻlovchilarning qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishini taʼminlansin;

qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarni maxsus hisobga qoʻyish uchun foydalaniladigan xavfni tahlil qilish tizimida mezon sifatida etil spirtini, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan qonunchilikda belgilangan ruxsat etuvchi (litsenziya) talablarning buzilishini nazarda tutsin.

22. Davlat soliq qoʻmitasining “Soliq maʼlumotlarini qayta ishlash markazi” davlat unitar korxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

2024-yil 1-yanvardan boshlab Soliq qoʻmitasi “Soliq maʼlumotlarini qayta ishlash markazi” davlat unitar korxonasini Soliq qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishini taʼminlasin.

(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

23. Hisob palatasi va Moliya vazirligi tadbirkorlikni, iqtisodiyotning ayrim sohalarini qoʻllab-quvvatlash uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda Davlat budjetidan vazirlik va idoralarning maqsadli jamgʻarmalariga 2017 — 2021-yillarda ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilganligi, ularning samaradorligi va natijadorligini oʻrgansin hamda 2022-yil 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin.

24. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini taʼminlash va xarajatlarning samaradorligini oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 9-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2022-yil 1-yanvardan 10-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

27. Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

28. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 30-dekabr,

PQ-73-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qaroriga1-ILOVA

2022-yilda ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qaroriga2-ILOVA

2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qaroriga3-ILOVA

2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qaroriga4-ILOVA

Foyda soligʻi toʻliqligicha Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan yirik soliq toʻlovchilar roʻyxati

* Izoh: Roʻyxatda qayd etilgan korxonalar boshqa korxonalar tarkibiga kirganda va boshqa korxona bilan birlashganda yoki qayta tashkil etilgan holatlarda ushbu roʻyxatga toʻgʻridan-toʻgʻri kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qaroriga5-ILOVA

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun foyda soligʻi stavkalari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qaroriga6-ILOVA

2022-yil 31-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkalari qoʻllaniladigan tovarlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qaroriga7-ILOVA

2022 — 2024-yillar uchun birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet xarajatlari va rivojlantirish dasturlarining

* Izoh: 2023-2024-yillar uchun rivojlantirish dasturlari va maqsadli indikatorlarining reja koʻrsatkichlari kelgusi yillar uchun davlat budjeti hisobidan ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida qayta tasdiqlanadi.

(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qaroriga8-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini taʼminlash va xarajatlarning samaradorligini oshirish boʻyicha

(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qaroriga9-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi:

a) 1-kichik bandida:

oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasi tomonidan tasdiqlangan soliq maslahatchilarini oʻqitish va malakasini oshirish dasturlarini hamda soliq maslahatchisining malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini kelishadi. Shuningdek, soliq maslahatchilari reyestrini oʻzining rasmiy saytida eʼlon qiladi va uni muntazam yangilab boradi;

soliq maslahatchisining malaka sertifikatini olish uchun nomzodlarni oʻqitishni tashkil etishda va malaka imtihonlarini oʻtkazishda Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasiga texnik va uslubiy yordam koʻrsatadi”;

b) 3-kichik bandi quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“budjet tasnifini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek unga 6 oy yakuni boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi. Shu bilan birga, budjet tasnifiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishdan oldin Moliya vazirligining axborot tizimiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin”;

v) 14-kichik bandning yettinchi xatboshida “soliq maslahati,” soʻzlari chiqarib tashlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-3454-son qarorining 9-bandi chiqarib tashlansin.

(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan 3-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3870-son qarorining 6-bandida:

a) ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

b) uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi PQ-4086-son qarorining 42-bandidagi “2022” raqami “2024” raqami bilan almashtirilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Bankrotlik taomillarini yanada soddalashtirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4146-son qarorining 3-bandi “b” kichik bandida:

a) uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“soddalashtirilgan tartibi qoʻllanilganda, agar qarzdor bilan boshqacha kelishuv belgilangan boʻlmasa, sud boshqaruvchisiga haq toʻlash xarajatlarining oʻrni qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik haqida ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ariza bergan soliq organi tomonidan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Bunda, sud boshqaruvchisiga haq toʻlash uchun sudning depozit hisobvaragʻiga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida oldindan toʻlov amalga oshiriladi”;

b) toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son qarori bilan tasdiqlangan 2019-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta bozorini jadal rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 2-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4699-son qarorida:

a) 9-bandning toʻrtinchi xatboshisi “11,25 foizi” soʻzlaridan keyin “(avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

b) 6-ilovaning 28-bandida:

28.1.3 pozitsiyasi “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2020-yil oktabr — 2021-yil aprel” soʻzlari “2020-yil oktabr — 2022-yil avgust” soʻzlari bilan almashtirilsin.

28.2.3 pozitsiyasi “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2020-yil oktabr — 2021-yil sentabr” soʻzlari “2020-yil oktabr — 2024-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga aʼzolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4756-son qarorida:

a) 1-ilovada:

13-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

39-1-pozitsiya chiqarib tashlansin;

b) 2-ilovaning 21-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Agar avvalgi yillar boʻyicha yoki dastlabki hisoblangan badal miqdori bilan haqiqatda toʻlanishi lozim boʻlgan badal miqdori oʻrtasidagi farq natijasida yuzaga kelgan qarzdorlikni toʻlab berish uchun vakolatli organlarning joriy yildagi budjet parametrlarida mablagʻlar yetarli boʻlganda ushbu qarzdorliklar toʻlab beriladi”.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi PQ-4779-son qarori bilan tasdiqlangan Iqtisodiyot tarmoqlarining yirik energiya sarflovchi korxonalarida energiya samaradorligini oshirish va yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 8-pozitsiyasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi PQ-4797-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi va manfaatdor vazirlik va idoralar axborot tizimlari oʻrtasida oʻzaro elektron hamkorlikni yanada yaxshilash va kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturining 7-pozitsiyasi “Bajarish muddati” ustunidagi “2021-yil 1-noyabrgacha” soʻzlari “2022-yil 1-aprelgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4910-son qarorining 17-bandi “g” kichik bandidagi “taʼlim muassasasi rahbarining” soʻzlari “taʼlim muassasasi direktorining (ijrochi direktorining)” soʻzlari bilan almashtirilsin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4954-son qarorning 14-bandida:

a) quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“davlat muassasasi hamda qobiliyatli yosh shaxmatchilarni tanlab oluvchi va tayyorlovchi hamda shaxmat boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga yoʻnaltirilgan maktabdan tashqari sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi”;

b) ikkinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-5185-son qarori 8-bandning uchinchi xatboshisidagi “respublika budjetidan” soʻzlari “Davlat budjetidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5199-son qarorida:

a) 1-bandning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2022-yil 1-oktabrdan boshlab mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq davlat tibbiyot muassasalarida moliyalashtirishning yangi mexanizmi asosida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllash tartibi joriy etiladi. Mazkur tartib joriy etilgunga qadar ushbu davlat tibbiyot muassasalari Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan taqsimotga muvofiq xarajatlar tasnifining bir satrida moliyalashtiriladi. Bunda, tibbiyot muassasalari tomonidan budjet mablagʻlari hisobidan koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar boʻyicha Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga oylik hisobot taqdim etiladi”;

b) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2022-yil 1-oktabrdan boshlab Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllash tizimiga oʻtkaziladigan tibbiyot muassasalari

1. Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi.

2. Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi.

3. Respublika koʻz kasalliklari klinik shifoxonasi.

4. Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasi.

5. 2-sonli Respublika klinik shifoxonasi.

6. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining koʻp tarmoqli klinikasi.

7. Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi.

8. Samarqand davlat tibbiyot instituti klinikasi.

9. Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasi.

10. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi

11. Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi.

12. Orolboʻyi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-avgustdagi “Avtomobil transportida yuk tashuvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5225-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisidagi “8704 22” raqamlari “8704 23” raqamlar bilan almashtirilsin.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi “Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5252-son qarorida:

a) 1-bandning “a” kichik bandida:

ikkinchi xatboshidagi “shuningdek, toʻlov tizimi operatorlari orqali toʻlovni amalga oshirganda olingan” soʻzlari chiqarib tashlansin;

uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qoʻllash tartibini buzganlik, naqd pul mablagʻlari yoki plastik kartochkalar boʻyicha toʻlov shakliga qarab narxlarni sunʼiy ravishda oshirganlik yoki pasaytirganlik, tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirganlik, shuningdek, identifikatsiya qilish vositalari bilan majburiy raqamli markirovka qilish nazarda tutilgan mahsulotlarda qalbaki markirovka qoʻllanilganlik yoki markirovka mavjud emasligi toʻgʻrisida soliq organlariga maxsus dastur orqali xabar bergan jismoniy shaxslarga, ushbu maʼlumot asosida oʻtkazilgan tekshirish yakuniga koʻra huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasi hisobidan nazorat-kassa texnikasining va (yoki) hisob-kitob terminallarini qoʻllamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar koʻrsatganlik boʻyicha belgilangan jarimaning 20 foizi miqdorida mukofot toʻlanadi. Bunda, jarimaning qolgan undiriladigan qismi belgilangan tartibda taqsimlanadi”;

b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2022-yil 1-fevraldan boshlab toʻlov tashkiloti, tijorat banklarining elektron toʻlov xizmatlari (shu jumladan mobil ilovalar orqali), shuningdek, elektron tijorat platformalari — “Marketpleys”-larning axborot tizimlari yordamida masofadan turib amalga oshirilgan savdo va pullik xizmatlar boʻyicha tranzaksiya-larning (“P2P”, kredit toʻlovlari bundan mustasno) elektron cheklarida soliq organlari axborotlar tizimlariga integratsiyalashgan va avtomatik tarzda shakllanuvchi fiskal belgilarni majburiy aks ettirish talabi oʻrnatilsin”.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlar qurilishini loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:

a) 13-banddagi “Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari (DAQN inspeksiyalari)” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari qoshidagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy inspeksiyalar)” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 14-banddagi “DAQN” soʻzi “hududiy” soʻzi bilan almashtirilsin.

19. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi quyidagi tahrirdagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“Xalqaro shaxmat akademiyasi;

Chavandozlar maktabi”.

20. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportlari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun tushayotgan mablagʻlardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 104-son qarori 1-bandida:

“a” kichik bandidagi “60 foizi” soʻzlari “40 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

“b” kichik bandi quyidagi tahrirdagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Davlat xizmatlari markazlarining xorijga chiqish biometrik pasportlarini rasmiylashtirish va berish uchun maxsus asbob uskunalar va dasturiy taʼminot bilan jihozlash va texnik xizmat koʻrsatish uchun foydalaniladi”;

beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.

21. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 103-son qarori bilan tasdiqlangan Ariza beruvchi-uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandi quyidagi tahrirdagi “e” kichik bandi bilan toʻldirilsin:

“e) ariza beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom bilan belgilangan tartibda ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badal va foiz toʻlovlarini bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya taqdim etish uchun xabarnoma olgan taqdirda.”.

22. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:

a) 6-bandning “a”, “b” va “v” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“a) 10 foizi, biroq har yili 100 mlrd soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda — Jamgʻarmaga;

b) 3 foizi — mablagʻlarni maqsadli ravishda bozor infratuzilmasini rivojlantirish va tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan, tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan oʻquv kurslarini moliyalashtirishga yoʻnaltirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga (Jamgʻarmaning har yilgi daromadlari va xarajatlari parametrlarida belgilanadigan summadan oshgan qismi respublika budjetiga yoʻnaltiriladi);

v) qolgan qismi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga”;

b) 7-bandi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“10 foizi, biroq har yili 100 mlrd soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda — Jamgʻarmaga;

3 foizi — mablagʻlarni maqsadli ravishda bozor infratuzilmasini rivojlantirish va tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan, tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan oʻquv kurslarini moliyalashtirishga yoʻnaltirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga (Jamgʻarmaning har yilgi daromadlari va xarajatlari parametrlarida belgilanadigan summadan oshgan qismi respublika budjetiga yoʻnaltiriladi);

qolgan qismi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlari qarorlari asosida tegishli mahalliy budjeti daromadiga oʻtkaziladi”.

23. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-sentabrdagi “Sud boshqaruvchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 765-son qarorida:

a) 2-bandi chiqarib tashlansin;

b) Sud boshqaruvchilari, ularni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish va malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:

14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Davlat soliq inspeksiyasining qarzdorni soddalashtirilgan tartibda bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasiga asosan bankrot deb topilgan xoʻjalik yurituvchi subyektning sud boshqaruvchisiga qarzdor joylashgan joydagi davlat soliq inspeksiyasi boshligʻining qaroriga muvofiq har bir yakunlangan tugatishga doir ish boʻyicha arizachi tomonidan sud boshqaruvchisiga haq toʻlash xarajatlari uchun sudning depozit hisobvaragʻiga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida mukofot toʻlanadi”;

18-bandi chiqarib tashlansin.

24. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 918-son qarorida:

a) muqaddimada “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” soʻzlaridan keyin “, Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

b) 1-bandning uchinchi xatboshidagi “oliy sport mahorati maktablari” soʻzlaridan keyin “, respublika futbol boʻyicha sport mahoratini oshirish oliy maktabi, chavandozlar maktabi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

v) quyidagi mazmundagi 3-1-band bilan toʻldirilsin:

“3-1. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Respublika futbol boʻyicha sport mahoratini oshirish oliy maktabi faoliyatini moliyalashtirish:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;

oliy maktabi faoliyati sohasi boʻyicha pullik xizmatlarni amalga oshirishdan tushadigan mablagʻlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi”.

25. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi 1023-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda 73-band “d” kichik bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“50 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlari qarorlari asosida tegishli mahalliy budjeti daromadiga oʻtkaziladi”.

26. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrnatilgan tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) uchun toʻlov miqdorini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomi 6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“45 foiz — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlari qarorlari asosida tegishli mahalliy budjeti daromadiga oʻtkaziladi”.

27. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-sentabrdagi 573-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzuridagi Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandida:

a) “k” kichik bandidagi “respublika budjetidan ajratmalar” soʻzlari “respublika budjeti daromadlarini ushbu summaga kamaytirgan holda oʻtkaziladigan ajratmalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) “l” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“l) Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga tushadigan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning (noruda foydali qazilmalardan tashqari) prognozdan orttirib bajarilgan qismining 50 foizi miqdorida, lekin yillik jami 150 mlrd. soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratmalar”.

28. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish tadbirlariga ajratilayotgan mablagʻlarning samaradorligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 583-son qarorida:

a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan eʼtiboran:

koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar joylashgan muassasalarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot va boshqa xodimlar hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalari xodimlariga ishlagan davri uchun ish yuklamalarini inobatga olgan holda ularning tarif stavkalariga 200 foiz miqdorida maxsus ustama joriy qilinadi.

Bunda:

anesteziolog-reanimatolog vrachlariga maxsus ustamalar 1,2 koeffitsiyentga oshirilgan holda hisob-kitob qilinadi va toʻlab beriladi;

maxsus ustama toʻlovlari toʻlanadigan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qoʻshimcha toʻlov amalga oshirilmaydi”;

b) 3-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari, 9 bandi chiqarib tashlansin;

v) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati hududiy boshqarmalari koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish davrida tibbiyot muassasalariga Davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi, shu jumladan, jalb qilingan xodimlarga maxsus ustama toʻlovlarining toʻgʻri va toʻliq toʻlanishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin”;

g) Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash obyektlarida hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarga maxsus ragʻbatlantirish toʻlovlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:

1-bandidagi “maxsus toʻlov” soʻzlari “maxsus ustama” soʻzlari bilan almashtirilsin;

2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2. Xodimlarga maxsus ustamalar va ularga hisoblanadigan ijtimoiy soliqlar 2022-yilda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi”;

4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“4. Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar joylashgan muassasalarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot va boshqa xodimlar hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalari xodimlariga ishlagan davri uchun ish yuklamalarini inobatga olgan holda ularning tarif stavkalariga 200 foiz miqdorida maxsus ustama belgilanadi.

Anesteziolog-reanimatolog vrachlarga maxsus ustamalar 1,2 koeffitsiyentga oshirilgan holda hisob-kitob qilinadi va toʻlab beriladi;

Boshqa xodimlar tarkibiga jalb etilgan yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar kiradi”;

6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“6. Maxsus ustama tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarga, shu jumladan, qisqa muddatga jalb etilgan tor yoʻnalishdagi tibbiyot mutaxassislariga haqiqatda ishlangan ish hajmi uchun toʻlanadi”;

7-bandning uchinchi xatboshisidagi “har 30 kunlik” soʻzlari “haqiqatda ishlagan” soʻzlari bilan almashtirilsin;

8-band chiqarib tashlansin;

10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “har 30 kunlik” soʻzlari “haqiqatda ishlagan” soʻzlari bilan almashtirilsin.

29. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan “Sogʻlom turmush tarzi” platformasi faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:

20-bandining yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qaroriga10-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3550-son qarorining 5-ilovasi 9-bandi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyuldagi “Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 302-son qarori.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 196-son qarorining 2-ilovasi 33-bandi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 206-son qarorining 1-ilovasi 38-bandi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-noyabrdagi “Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 261-son qarorining 2-bandi va uning 3-ilovasi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 50-son qarori.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi “Davlat xaridlarini tashkil etishga doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 100-son qarori 3-ilovasining 4-bandi.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-dekabrdagi “Ijtimoiy va fuqaro obyektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib oʻrnatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1666-son qarori)”gi 42-son qarori ilovasining 4-bandi.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 143-son qarori ilovasining 12-bandi.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son Farmoni)”gi 244-son qarori 1-ilovasining 33-bandi.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-martdagi “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2137-son qarori)”gi 108-son qarori.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-sentabrdagi “Tender savdolari oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 264-son qarori)”gi 317-son qarori.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-son qonunlari)”gi 122-son qarori 1-ilovasining 57-bandi.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-iyundagi “Yer osti suvlaridan foydalanish sohasidagi faoliyatni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 430-son qarori 3-ilovasining 1-bandi.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son Farmoni)”gi 638-son qarori 1-ilovasining 24-bandi.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3237-son qarori)”gi 992-son qarori 1-ilovasining 2-bandi.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-son Farmoni)”gi 254-son qarori 1-ilovasining 2-bandi.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-son farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarori)”gi 397-son qarori ilovasining 12-bandi.

19. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 498-son qarori 1-ilovasining 3-bandi.

20. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha tanlov (tender) oʻtkazishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 91-son qarori.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.