2021 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish natijasida 2021-yilda xizmatlar koʻrsatish hajmi qariyb 20 foizga oʻsdi.
Shu bilan birga, xizmatlar sohasini rivojlantirishga yangicha yondashuvlarni joriy etish orqali bozor xizmatlari hajmini 2022-yilda 1,5 baravarga oshirish hamda qoʻshimcha 1,5 million yangi ish oʻrinlarini yaratish imkoniyatlari mavjud.
Hududlarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, alohida yondashuvlar asosida xizmatlar sohasini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy resurslar va infratuzilma bilan taʼminlash hamda ularga qulay soliq rejimini joriy etish maqsadida:
1. Respublika hududlarining aholisi soni va zichligi, geografik joylashuvi, ixtisoslashuvi va infratuzilma bilan taʼminlanganlik darajasidan kelib chiqib, xizmatlar sohasini rivojlantirishning quyidagi ustuvor yoʻnalishlari belgilansin:
a) har bir tuman va shaharlarda:
budjet mablagʻlari hisobiga 2021-2022-yillarda shaharsozlik loyihalari asosida mukammal taʼmirlangan, tashqi yoritish, sugʻorish va drenaj tizimlari modernizatsiya qilingan, piyoda va velosiped yoʻlaklari qurilgan hamda aholi gavjum boʻlgan koʻchalarni savdo, xizmat koʻrsatish, sayilgoh va koʻngilochar koʻchalarga aylantirish;
raqamli xizmatlar ulushini bosqichma-bosqich oshirish uchun zarur infratuzilma bilan taʼminlash va sifatli aloqa va internet xizmatlari qamrovini, shuningdek, “Elektron hukumat” tizimi xizmatlaridan foydalanish koʻlamini keskin kengaytirish;
b) Toshkent, Nukus shaharlari, viloyatlar markazlari hamda boshqa shaharlarda koʻpi bilan har 3 — 5 ta mahalla uchun aholi gavjum boʻlgan koʻchani obodonlashtirib, piyodalar yoʻlakchalarini kengaytirish va ularni yoritish orqali mahallalararo savdo-xizmat koʻchasini tashkil etish;
v) aholisi 300 mingdan kam boʻlgan tumanlarda:
sanoat va xizmatlar sohasi yuqori surʼatlarda rivojlanib borayotgan tumanlarda — savdo, mehmonxona, ovqatlanish va logistika xizmatlarini, shuningdek, texnik xizmat koʻrsatish va koʻngilochar maskanlarni tashkil etishga ustuvorlik berish;
togʻli, togʻoldi, rekreatsion turizm salohiyati yuqori tumanlarda — avtomobil yoʻllari, elektr energiyasi va ichimlik suvi taʼminoti hamda boshqa infratuzilmani yaxshilash va tayyor loyihalar asosida turizm xizmatlarini rivojlantirish;
chegara hududlarda joylashgan hamda hududidan xalqaro avtomagistral va temir yoʻllar oʻtgan tumanlarni — savdo, turizm, logistika hamda yoʻl boʻyi xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashtirish;
qishloq xoʻjaligi ulushi yuqori boʻlgan tumanlarda — zamonaviy agroxizmatlarni rivojlantirish;
g) oʻrta va yirik shaharlar hamda aholisi 300 mingdan koʻp boʻlgan tumanlarda — zamonaviy bozor xizmatlari, taʼlim, tibbiyot, sanʼat, turizm, mehmonxona va umumiy ovqatlanish hamda transport xizmatlarini rivojlantirish;
d) Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida — yuqori daromadli xizmatlarni, ayniqsa, yirik savdo va koʻngilochar xizmat koʻrsatish obyektlarini koʻpaytirish, taʼlim va tibbiyot muassasalari joylashgan hududlarda ixtisoslashgan klasterlar tashkil etish.
2. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) 2022-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvarga qadar chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari, avtotransportda yoʻlovchi va yuk tashish, transport vositalarini taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish, kompyuter xizmatlari, maishiy texnikani taʼmirlash, agro va veterinariya xizmatlarini koʻrsatuvchi hamda koʻngilochar maskanlarda xizmatlar koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilash. Bunda:
(2-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2025-y., 07/25/78/0191-son)
mazkur soliq imtiyozi tadbirkorlik subyektlari tomonidan, agar ularning mazkur kichik bandda koʻrsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa, qoʻllaniladi;
2025-yil 1-yanvardan boshlab mazkur soliq imtiyozi tadbirkorlik subyektlarining har oyda ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,5 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblangan oʻttiz yoshgacha boʻlgan xodimlariga nisbatan qoʻllaniladi;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2025-y., 07/25/78/0191-son)
mazkur kichik bandda koʻrsatilgan faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan xodimlar sonini yashirish holatlari aniqlanganda, mazkur soliq imtiyozining amal qilishi toʻxtatiladi hamda qonunchilikda belgilangan moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi;
b) quyidagi tadbirkorlik subyektlariga yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalarini 90 foizga kamaytirish:
maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori boʻlgan savdo komplekslariga (shu jumladan, ular egallagan yer uchastkalari boʻyicha) 2022-yil 1-yanvardan boshlab 2027-yil 1-yanvarga qadar. Bunda 2027-yil 1-yanvargacha yangidan quriladigan obyektlarga (shu jumladan, ular egallagan yer uchastkasiga) nisbatan mazkur imtiyozni ular foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 5 yil muddat davomida qoʻllash;
mehmonxonalarga (joylashtirish vositalariga) 2022-yil 1-yanvardan boshlab 2030-yil 1-yanvarga qadar. Bunda palatkali (kemping) lagerlar va oʻtovli lagerlar shaklidagi mehmonxonalar (joylashtirish vositalari) uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini 90 foizga kamaytirish boʻyicha imtiyozni 2037-yil 1-yanvarga qadar qoʻllash;
ushbu kichik bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan subyektlarga 2022-yil 1-yanvardan boshlab 2027-yil 1-yanvarga qadar foyda soligʻini hisoblashda binolarning qiymatini ikki yil davomida amortizatsiya xarajatlari sifatida chegirish huquqini berish.
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-175-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2026-y., 06/26/175/0878-son)
v) 2022-yil 1-apreldan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar turizm markazlarida, shuningdek, 1-ilovada keltirilgan tuman va shaharlarda belgilanadigan turizm hududlarida roʻyxatdan oʻtgan hamda ushbu hududda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, koʻngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun:
(2-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2024-y., 06/24/102/0541-son)
aylanmadan olinadigan soliq stavkasini — 1 foiz;
ushbu hududlardagi obyektlar va ular egallagan yer uchastkasi boʻyicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi miqdorlarini — mazkur soliqlar boʻyicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida belgilash.
Bunda, tuman va shaharlarning turizm hududlari chegaralari Turizm qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari xulosalari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tomonidan belgilanadi;
(2-band “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2024-y., 06/24/102/0541-son)
g) jismoniy shaxslar tomonidan mahallalararo savdo-xizmat koʻchalari boʻyida joylashgan turarjoy obyektlarini ushbu bandning “a” kichik bandida keltirilgan xizmat koʻrsatish turlari boʻyicha noturarjoy obyekti toifasiga oʻtkazilganda 2024-yil 1-yanvarga qadar ularga nisbatan mol-mulk soligʻi va yer soligʻining jismoniy shaxslar uchun oʻrnatilgan stavkasini saqlab qolish;
d) 2022-yil 1-yanvardan uyali aloqa operatorlari uchun uyali aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz soligʻi stavkasini 10 foiz etib oʻrnatish;
e) 2022-yil 1-apreldan boshlab qishloq joylarda antenna-machta metall konstruksiyalarini, ularga oʻrnatilgan va ularning ajralmas qismi boʻlgan konstruksiyalar hamda ular egallagan yer uchastkalarini yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻidan ozod etish.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Davlat soliq qoʻmitasi, Turizm va sport vazirligi, tegishli idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Soliq kodeksiga mazkur banddan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Belgilansinki:
a) quyidagilar 2022-yil 1-fevraldan 2030-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etiladi:
(3-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/229/1090-son)
2-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlar;
telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari tomonidan telekommunikatsiya infratuzilmasini joriy etish loyihalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantirilgan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan texnologik uskunalar, materiallar, dasturiy taʼminot va ehtiyot qismlar;
b) mol-mulk soligʻini hisoblashda yer uchastkalarida oʻrnatilgan antenna-machta metall konstruksiyalari hamda ularga oʻrnatilgan va ularning ajralmas qismi boʻlgan konstruksiyalar (tortqilar, atrofni oʻrovchi devorlar, yuk koʻtarish moslamalari, chaqmoqdan himoya qilish tizimlari, yerga ulash qurilmalari, signal-yoritish tizimlari, qoʻriqlash signalizatsiyasi va videokuzatuv tizimlari) koʻchmas mulk sifatida qaraladi;
v) 2022-yil 1-apreldan boshlab:
radiochastota spektridan foydalanuvchilarga radiochastota organlarining tegishli ruxsatnomalariga asosan radiochastota spektridan birgalikda foydalanish huquqi beriladi;
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasiga uning rezidentlari tomonidan har oy oʻtkaziladigan ajratmalar miqdori, ular tomonidan eksport qilingan axborot texnologiyalari xizmatlarining bir yillik hajmi 10 million AQSH dollaridan oshganda 25 foizga, 20 million AQSH dollaridan oshganda 50 foizga pasaytiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5113-son qaroriga muvofiq, savdo va koʻngilochar koʻchalarda:
koʻchma savdo obyektlari uchun joylar tadbirkorlik subyektlariga elektron onlayn-auksion savdosi asosida sotilishi;
barcha tadbirkorlik subyektlariga jamoat xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritish huquqi berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. 2022-yil 1-iyuldan boshlab mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq tumanlar va shaharlarda turizm obyektlarini qurish uchun yer uchastkalarini hududlarning master-rejalari asosida ishlab chiqilgan loyiha takliflari hamda zarur infratuzilma bilan taʼminlangan holda elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarish tartibi joriy etilsin.
Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Turizm va sport vazirligi (U. Azamov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 2022-yil 1-martga qadar hududlarning master-rejalarini ishlab chiqish uchun texnik topshiriqlarni Qurilish vazirligiga kiritadi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) Qurilish vazirligi (D. Adilov) bilan birgalikda 2022-yil 1-mayga qadar hududlarning master-rejalarini ishlab chiqish uchun talab etiladigan mablagʻlar boʻyicha hisob-kitoblarni Moliya vazirligiga taqdim etadi;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-208-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 07/22/208/0311-son)
Qurilish vazirligi (D. Adilov) tegishli loyiha institutlari va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda 2022-yil 1-iyulga qadar hududlarning master-rejalari va loyiha takliflari ishlab chiqilishini taʼminlaydi;
Kadastr agentligi (F. Umarov) Turizm va sport vazirligi (U. Azamov) hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 2022-yil 1-iyuldan boshlab loyiha takliflari va infratuzilmaga ega boʻlgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdosiga chiqaradi.
6. Mazkur qarorning 5-bandida nazarda tutilgan hududlarning master-rejalarini ishlab chiqish va yer uchastkalarini zarur infratuzilma bilan taʼminlash ishlarini moliyalashtirish uchun:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tegishli mahalliy hokimliklarga Davlat budjeti hisobidan ehtiyojga qarab hamda mahalliy budjetlar imkoniyatlarini hisobga olgan holda 2023-yilda moliya yili davomida qaytarish sharti bilan 200 milliard soʻmgacha budjet ssudasini ajratsin;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A. Voitov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) bilan birgalikda ikki oy muddatda xalqaro moliya institutlarining 100 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarini jalb qilsin.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)
7. Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) hamda Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov) va boshqa oliy taʼlim tashkilotiga ega vazirlik va idoralarga oliy taʼlim va tibbiyot muassasalarining bino va yer maydonlaridan samarali foydalanish va ularni xususiy sektorga xizmatlar koʻrsatish boʻyicha ajratish borasidagi amalga oshirilgan ishlari qoniqarsiz ekanligi koʻrsatib oʻtilsin.
Qurilish vazirligi (B. Zokirov) ikki hafta muddatda Kadastr agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ijtimoiy soha muassasalarining yer maydonlari, bino va inshootlaridan samarali foydalanish darajasini oʻrganish boʻyicha Komissiya tuzilishini taʼminlasin.
Komissiyaga ikki oy muddatda:
oliy taʼlim va tibbiyot muassasalarining yer maydonlari, bino va inshootlaridan samarali foydalanish darajasini toʻliq oʻrganish;
oʻrganish natijalari boʻyicha boʻsh turgan yoki samarasiz foydalanilayotgan bino va inshootlar hamda ular hududidagi boʻsh yer maydonlarini aniqlash vazifasi yuklatilsin.
Qurilish vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda:
oʻrganish asosida aniqlangan samarasiz foydalanilayotgan yoki boʻsh turgan yirik ijtimoiy soha obyektlarining master-rejalarini uch oy muddatda ishlab chiqsin;
master-rejalarga muvofiq, samarasiz foydalanilayotgan yoki boʻsh turgan binolar va yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish yoki davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorni jalb etgan holda yangi turdagi taʼlim va tibbiyot xizmatlarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
a) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Turizm va sport vazirligi (U. Azamov) va tijorat banklari bilan birgalikda xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan infratuzilma bilan taʼminlangan yer uchastkalarini elektron-onlayn auksion savdosiga chiqarish, koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatlari va yertoʻlalarida xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirish boʻyicha loyiha takliflarini ishlab chiqish va ularni moliyalashtirishga koʻmaklashish orqali:
2022-yil 1-sentabrga qadar 3-ilovaga muvofiq tuman va shaharlarning markaziy koʻchalarini savdo, koʻngilochar, gastronomik, turizm va sanʼat yoʻnalishlariga ixtisoslashgan maxsus savdo va koʻngilochar koʻchalarga aylantirish;
2022-2023-yillar davomida 4-ilovaga muvofiq “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish;
bir oy muddatda ushbu qarorning 1-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan mahallalararo koʻchalarni belgilasin va ularni 2022-2023-yillarda savdo-xizmat koʻchalariga aylantirish choralarini koʻrsin;
b) bir oy muddatda zarur infratuzilma bilan taʼminlangan yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdosiga chiqarish orqali 2022-2023-yillar davomida:
5-ilovaga muvofiq yirik tuman va shaharlarda savdo komplekslari hamda hududiy savdo-logistika markazlari barpo etilishi;
6-ilovaga muvofiq xalqaro yoʻllar boʻyida xizmat koʻrsatish obyektlari tashkil etilishini taʼminlasin;
v) bir oy muddatda nodavlat umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish sharti bilan 7-ilovaga muvofiq tuman (shahar)larda yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarilishini taʼminlasin;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) Kadastr agentligi (F. Umarov) bilan birgalikda mazkur qarorning 4 — 7-ilovalariga muvofiq xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish uchun auksionlarga chiqariladigan yer maydonlarini doimiy ravishda koʻpaytirib borish choralarini koʻrsin.
9. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi koordinatorlari (S. Xolxoʻjayev, A. Kamalov, D. Sultanov) Turizm va sport vazirligi (U. Azamov) bilan birgalikda 2022-yil dasturi doirasida ajratilayotgan mablagʻlarning 500 milliard soʻmi 8-ilovaga muvofiq taqsimot boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasidagi loyihalarga, birinchi navbatda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan talablarga javob beradigan oilaviy mehmon uylari (50 mln soʻmgacha), xostellar (1 mlrd soʻmgacha), oʻtov lagerlari majmuasi (300 mln soʻmgacha), avtokempinglar (3 mlrd soʻmgacha), ekouylar majmuasi (300 mln soʻmgacha), konteyner shaharchalar (600 mln soʻmgacha) va chodirli lagerlar (60 mln soʻmgacha) tashkil etish va ularni taʼmirlash loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
10. Tijorat banklariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-iyundagi “Xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4752-son qaroriga muvofiq jalb etilgan resurs mablagʻlarining muddatidan kelib chiqib, avval ajratilgan kreditlarning soʻndirilgan qismi hisobidan xizmatlar sohasidagi yangi loyihalarni (moliya sohasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar va xizmatlar sohasida aylanma mablagʻlarni toʻldirish hollari bundan mustasno) moliyalashtirish uchun 14 foiz stavkada bitta loyiha boʻyicha 2 milliard soʻmgacha miqdorda kreditlar ajratishga ruxsat berilsin.
11. “Oʻzmilliybank” AJning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5113-son qaroriga muvofiq “Oʻzmilliybank” AJ tomonidan xorijiy banklardan jalb qilingan 200 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni barcha shaharlar va tumanlar markazlarida xizmatlar sohasini rivojlantirish, shu jumladan 29 ta shahar va 6 ta yirik tumanlarda turizm, transport, tibbiyot, taʼlim obyektlari va yirik savdo komplekslarini tashkil etish loyihalarini moliyalashtirish uchun quyidagi shartlar asosida ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
“Oʻzmilliybank” AJ tomonidan 9-ilovaga muvofiq taqsimot boʻyicha tijorat banklariga xorijiy valyutada kelishilgan stavkada 5 yil muddatga moliyaviy resurs ajratish;
tijorat banklari tomonidan xizmatlar sohasidagi loyihalarni amalga oshirish (moliya sohasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar va xizmatlar sohasida aylanma mablagʻlarni toʻldirish hollari bundan mustasno) uchun 5 yilgacha muddatga kreditlar ajratish.
12. Xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha 2022-yilga moʻljallangan “yoʻl xaritasi” 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir hafta muddatda mazkur qarorning 1-bandida belgilangan mezonlar asosida tuman (shahar)lar kesimida ishlab chiqilgan xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha hududiy dasturlarni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Bunda, mazkur qarorning 11 va 11.1 — 11.13-ilovalarida nazarda tutilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar, har bir tuman va shaharda xizmatlar sohasini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari inobatga olinsin.
Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev) bir oy muddatda Toshkent shahrining Markaziy Osiyoda eng katta megapolis va biznes markaz sifatida mavqeyini kuchaytirish, tarixiy va madaniy jihatlarini zamonaviy rivojlanish tendensiyalari bilan uygʻunlashtirish orqali xorijiy va mahalliy turistlar uchun shaharning jozibadorligini oshirish maqsadida xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. 2022-yil 1-fevraldan boshlab Oliy Majlis Senati tomonidan har oy Vazirlar Mahkamasi, vazirlik, idoralar va hokimliklar tomonidan yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tanqidiy oʻrganish va ularning faoliyatiga baho berish amaliyoti joriy etilsin.
15. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining markaziy apparati tuzilmasida vazirlik boshqaruv xodimlarining umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida 12 shtat birligidan iborat Xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha hududlarning master-rejalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish departamenti tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda hududlarning xizmat koʻrsatish sohasidagi ixtisoslashuvini aniqlash, ular asosida tuman va shaharlarda xizmatlarni rivojlantirishning konsepsiyalari va master-rejalarini ishlab chiqish;
hududlarning master-rejalari asosida infratuzilma va xizmat koʻrsatish loyihalari va dasturlarini shakllantirish;
“Oʻzmilliybank” AJ huzuridagi Xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha loyiha-tahliliy markaz bilan hamkorlikda hududlarda xizmat koʻrsatish loyihalarini amalga oshirish;
hududlarda xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga metodologik koʻmak berish.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5113-son qaroriga 12-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
17. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari I.I. Norqulov, investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari A.B. Voitov, turizm va sport vazirining birinchi oʻrinbosari U.A. Azamov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 27-yanvar,
PQ-104-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga 1-ILOVA
Mehmonxona (joylashtirish), savdo, umumiy ovqatlanish, koʻngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladigan tuman va shaharlar
Izoh:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari turizm hududlarini turizm rivojlanganlik darajasini hisobga olgan holda belgilaydi. Bunda, bitta tuman (shahar)da bir nechta turizm hududi belgilanishi mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-dekabrdagi PQ-455-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2022-y., 07/22/455/1121-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga 2022-yil 1-fevraldan 2030-yil 1-yanvarga qadar olib kirishda bojxona bojidan ozod etiladigan tovarlar
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/229/1090-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga 3-ILOVA
Maxsus xizmat koʻrsatish koʻchalariga aylantiriladigan markaziy koʻchalar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga 4-ILOVA
“Yangi Oʻzbekiston” massivlarida xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etishning
Izoh: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida tashkil etiladigan xizmat koʻrsatish obyektlari soni doimiy koʻpaytirib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga 5-ILOVA
Yirik savdo komplekslari va hududiy savdo-logistika markazlari tashkil etiladigan tuman va shaharlar
Izoh: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Kadastr agentligi bilan birgalikda yirik savdo komplekslari va hududiy savdo-logistika markazlari tashkil etiladigan tumanlar va shaharlar soni hamda auksionlarga chiqariladigan yer maydonlari doimiy koʻpaytirib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga 6-ILOVA
Xalqaro yoʻllar boʻyida xizmat koʻrsatish obyektlari tashkil etiladigan tuman va shaharlar
Izoh: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Kadastr agentligi bilan birgalikda xalqaro yoʻllar boʻyida xizmat koʻrsatish obyektlari tashkil etiladigan tuman va shaharlar soni va auksionlarga chiqariladigan yer maydonlari doimiy koʻpaytirib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga 7-ILOVA
Nodavlat umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish sharti bilan elektron onlayn-auksion savdosiga chiqariladigan yer uchastkalari
T/r Hudud Tuman (shahar) Yer uchastkalari soni Nodavlat umumtaʼlim muassasalarini qurish uchun Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish uchun JAMI: 70 52 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri 3 3 2. Andijon viloyati Andijon shahri 2 5 Andijon tumani 2 Asaka tumani 2 2 Marhamat tumani 2 Xoʻjaobod tumani 2 Shahrixon tumani 2 3. Buxoro viloyati Buxoro shahri 3 1 Olot tumani 2 Peshku tumani 1 Qorakoʻl tumani 2 2 4. Jizzax viloyati Jizzax shahri 2 1 Zomin tumani 1 Sharof Rashidov tumani 1 5. Qashqadaryo viloyati Koson tumani 1 Chiroqchi tumani 1 Shahrisabz shahri 2 Qarshi shahri 2 1 Qarshi tumani 1 Gʻuzor tumani 1 6. Navoiy viloyati Zarafshon shahri 1 Navoiy shahri 2 7. Namangan viloyati Namangan shahri 2 1 8. Samarqand viloyati Samarqand shahri 5 1 Urgut tumani 1 9. Surxondaryo viloyati Bandixon tumani 1 Denov tumani 1 Muzrabot tumani 1 Termiz shahri 2 1 Sherobod tumani 1 Qumqoʻrgʻon tumani 1 10. Sirdaryo viloyati Guliston shahri 2 1 11. Toshkent viloyati Angren shahri 2 Olmaliq shahri 3 Chirchiq shahri 2 1 12. Fargʻona viloyati Oltiariq tumani 2 Fargʻona shahri 4 2 Fargʻona tumani 1 Qoʻqon shahri 3 1 13. Xorazm viloyati Urganch shahri 2 Xiva shahri 1 14. Toshkent shahri Bektemir tumani 3 Mirzo Ulugʻbek tumani 2 Mirobod tumani 2 Sergeli tumani 2 2 Uchtepa tumani 2 Yunusobod tumani 2 1 Yangihayot tumani 4 Yashnobod tumani 3 1
Izoh: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Kadastr agentligi bilan birgalikda nodavlat umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim muassasalari tashkil etiladigan tumanlar va shaharlar soni hamda elektron onlayn-auksionga chiqariladigan yer maydonlari doimiy koʻpaytirib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga 8-ILOVA
2022-yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlarning hududlar kesimidagi
Izoh: Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari koordinatorlariga (S. Xolxoʻjayev, A. Kamalov, D. Sultanov) haqiqiy ehtiyojdan hamda moliyalashtirish taklif etilayotgan loyihalarning istiqboli va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratishga yoʻnaltirilganligidan kelib chiqqan holda, ajratilayotgan mablagʻlarni hududlar oʻrtasida tezkor qayta taqsimlash vakolati beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga 9-ILOVA
Xalqaro moliya institutlaridan 200 million AQSH dollari miqdorida xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun jalb qilingan mablagʻlarning tijorat banklari kesimida
Izoh:
* “Oʻzmilliybank AJ” raisi A. Mirsoatov hamda iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari I. Norqulovga tijorat banklarining buyurtmalariga muvofiq ajratilayotgan mablagʻlarni tijorat banklari oʻrtasida tezkor qayta taqsimlash vakolati beriladi;
** “Oʻzmilliybank” AJda xizmatlar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun qoldiriladigan mablagʻlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga 10-ILOVA
2022-yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha
(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga 11-ILOVA
2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirishning yigʻma
Izoh: Toshkent shahri boʻyicha alohida dastur qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan takliflari asosida hududlarning, jumladan tumanlar va shaharlarning maqsadli koʻrsatkichlarini oʻzgartirish huquqi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga 11.1-ILOVA
2022-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirishning yigʻma
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga 11.2-ILOVA
2022-yilda Andijon viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirishning yigʻma
Hudud nomi Hajmi, (mlrd. soʻm) Oʻsish surʼati, (foiz) Yangidan tashkil etiladigan xizmat koʻrsatish obyektlari, (birlik) shundan: Jami ish oʻrni, (ming kishi) Qishloq xoʻjaligi sohasidagi xizmat koʻrsatish obyektlari Mehmonxonalar (30 oʻrindan ziyod) uy mehmonxonalari nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari nodavlat tibbiyot muassasalari yirik savdo majmualari chakana savdo koʻrsatish obyektlari umumiy ovqatlanish obyektlari Maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari (sartaroshxona va goʻzallik saloni, etikdoʻzlik va b.) Boshqalar Viloyat jami 23 486,8 150,2 6 417 25 16 57 130 181 37 3 299 383 598 1 691 65,0 Andijon shahri 9 513,2 151,3 688 4 2 20 17 4 345 22 75 199 9,5 Xonobod shahri 700,1 143,9 220 2 7 20 9 1 60 23 39 59 1,4 Andijon tumani 1 138,4 147,8 508 3 3 4 3 3 279 34 83 96 4,8 Asaka tumani 1 311,5 150,7 536 3 1 1 4 11 3 325 32 37 119 4,6 Baliqchi tumani 960,7 149,2 408 2 3 31 16 2 205 19 47 83 4,1 Boʻston tumani 593,2 143,1 313 3 5 4 3 2 188 18 14 76 2,8 Buloqboshi tumani 789,9 147,7 287 1 2 6 29 2 63 17 37 130 2,6 Jalaquduq tumani 836,7 148,3 442 3 13 16 3 213 16 46 132 4,5 Izboskan tumani 1 075,2 149,8 432 2 9 2 198 11 42 168 4,2 Qoʻrgʻontepa tumani 1 113,3 149,8 347 4 1 2 12 3 185 17 18 105 4,9 Marhamat tumani 817,0 149,3 506 2 1 7 3 2 215 20 42 214 3,8 Oltinkoʻl tumani 917,1 146,0 416 1 2 8 2 276 11 50 66 4,3 Paxtaobod tumani 1 117,2 145,5 190 3 2 9 2 75 41 21 37 3,3 Ulugʻnor tumani 592,5 144,3 331 1 4 1 155 65 14 91 2,3 Xoʻjaobod tumani 801,8 147,6 294 1 35 7 15 2 145 12 12 65 2,8 Shahrixon tumani 1 209,0 150,3 499 4 2 21 3 372 25 21 51 5,1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga 11.3-ILOVA
2022-yilda Buxoro viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirishning yigʻma
Hudud nomi Hajmi, (mlrd. soʻm) Oʻsish surʼati, (foiz) Yangidan tashkil etiladigan xizmat koʻrsatish obyektlari, (birlik) shundan: Jami ish oʻrni, (ming kishi) Qishloq xoʻjaligi sohasidagi xizmat koʻrsatish obyektlari Mehmonxonalar (30 oʻrindan ziyod) uy mehmonxonalari nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari nodavlat tibbiyot muassasalari yirik savdo majmualari chakana savdo koʻrsatish obyektlari umumiy ovqatlanish obyektlari Maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari (sartaroshxona va goʻzallik saloni, etikdoʻzlik va b.) Boshqalar Viloyat jami 19 092,24 149,3 6 823 23 38 16 68 82 33 3 749 474 617 1 723 45,0 Buxoro shahri 7 676,6 151,1 697 20 13 2 29 7 305 106 85 130 11,0 Kogon shahri 682,5 148,6 374 2 3 6 3 261 33 36 30 1,6 Buxoro tumani 1 038,3 145,5 350 2 1 11 2 3 154 45 68 64 3,3 Vobkent tumani 931,2 150,0 334 2 1 4 3 2 181 39 30 72 3,0 Jondor tumani 933,9 145,0 906 3 1 3 2 526 40 65 266 3,0 Kogon tumani 614,5 155,7 261 1 1 3 2 7 2 136 24 21 64 1,8 Olot tumani 699,4 143,2 596 2 2 5 1 2 353 34 44 153 2,0 Peshku tumani 969,1 138,6 854 1 2 6 2 418 28 57 340 3,2 Romitan tumani 984,2 143,3 389 2 1 8 7 2 179 34 45 111 3,0 Shofirkon tumani 833,0 142,3 331 2 9 5 2 166 19 23 105 1,5 Qorakoʻl tumani 871,3 143,6 727 4 1 9 8 2 399 39 72 193 3,9 Qorovulbozor tumani 340,8 133,1 151 1 2 1 1 88 4 26 28 0,7 Gʻijduvon tumani 2 517,4 149,9 853 3 7 6 10 3 583 29 45 167 7,0
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga 11.4-ILOVA
2022-yilda Jizzax viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirishning yigʻma
Hudud nomi Hajmi, (mlrd. soʻm) Oʻsish surʼati, (foiz) Yangidan tashkil etiladigan xizmat koʻrsatish obyektlari, (birlik) shundan: Jami ish oʻrni, (ming kishi) Qishloq xoʻjaligi sohasidagi xizmat koʻrsatish obyektlari Mehmonxonalar (30 oʻrindan ziyod) uy mehmonxonalari nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari nodavlat tibbiyot muassasalari yirik savdo majmualari chakana savdo koʻrsatish obyektlari umumiy ovqatlanish obyektlari Maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari (sartaroshxona va goʻzallik saloni, etikdoʻzlik va b.) Boshqalar Viloyat jami 9 984,6 150,8 2 127 218 27 124 111 43 14 750 222 135 483 25,7 Jizzax shahri 3 937,8 152,3 190 7 2 13 13 2 17 36 8 92 3,3 Arnasoy tumani 223,3 148,6 103 27 1 6 2 1 33 6 10 17 0,9 Baxmal tumani 629,3 148,8 301 56 65 14 2 1 60 15 31 57 2,9 Gʻallaorol tumani 871,9 151,6 150 22 1 5 3 36 20 63 3,2 Sh.Rashidov tumani 1 324,4 147,5 281 20 6 7 18 6 4 90 77 14 39 4,1 Doʻstlik tumani 383,5 150,0 132 11 1 2 11 2 1 54 14 21 15 1,2 Zomin tumani 839,5 151,0 176 4 2 24 6 1 1 80 5 3 50 3,0 Zarbdor tumani 363,3 149,1 114 10 1 2 8 4 2 43 18 10 16 1,6 Zafarobod tumani 213,0 152,6 94 21 2 5 1 36 7 7 15 1,0 Mirzachoʻl tumani 288,0 151,3 129 28 1 14 1 58 2 5 20 0,9 Paxtakor tumani 368,5 149,8 150 9 2 2 97 6 11 23 1,4 Forish tumani 428,0 150,0 168 10 4 5 2 7 1 97 2 1 39 1,7 Yangiobod tumani 114,2 149,8 139 1 11 11 1 1 49 14 14 37 0,5
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga 11.5-ILOVA
2022-yilda Qashqadaryo viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirishning yigʻma
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga 11.6-ILOVA
2022-yilda Navoiy viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirishning yigʻma
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga 11.7-ILOVA
2022-yilda Namangan viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirishning yigʻma
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga 11.8-ILOVA
2022-yilda Samarqand viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirishning yigʻma
Hudud nomi Hajmi, (mlrd. soʻm) Oʻsish surʼati, (foiz) Yangidan tashkil etiladigan xizmat koʻrsatish obyektlari, (birlik) shundan: Jami ish oʻrni, (ming kishi) Qishloq xoʻjaligi sohasidagi xizmat koʻrsatish obyektlari Mehmonxonalar (30 oʻrindan ziyod) uy mehmonxonalari nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari nodavlat tibbiyot muassasalari yirik savdo majmualari chakana savdo koʻrsatish obyektlari umumiy ovqatlanish obyektlari Maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari (sartaroshxona va goʻzallik saloni, etikdoʻzlik va b.) Boshqalar Viloyat jami 27 937,8 149,3 8 343 367 91 95 201 43 7 5 306 526 891 816 214,4 Samarqand shahri 12 019,3 150 730 41 19 21 9 5 324 101 51 159 42,7 Kattaqoʻrgʻon shahri 650,7 150 313 3 3 12 2 241 9 30 13 8,5 Bulungʻur tumani 751,3 149 768 20 4 2 10 3 634 7 73 15 10,2 Jomboy tumani 1 227,6 150 478 11 3 3 8 2 322 33 45 51 11,4 Ishtixon tumani 1 039,3 149 369 28 3 7 280 6 35 10 12,1 Kattaqoʻrgʻon tumani 1 118,4 150 399 70 4 3 16 5 255 8 38 11,9 Narpay tumani 948,4 151 429 16 4 3 12 3 334 6 41 10 11,1 Nurobod tumani 542,3 149 544 26 2 8 9 2 178 65 152 102 6,2 Oqdaryo tumani 929,5 151 518 12 2 2 9 2 343 39 49 60 9,2 Payariq tumani 990,8 149 475 34 4 13 12 1 275 35 45 56 13,3 Pastdargʻom tumani 1 741,7 150 490 1 2 9 1 182 105 27 163 14,8 Paxtachi tumani 593,4 149 362 23 3 3 15 3 186 37 34 58 8,5 Samarqand tumani 1 756,2 150 290 29 14 17 12 1 1 157 12 27 20 16,7 Tayloq tumani 1 293,1 150 451 30 2 3 12 2 306 21 43 32 10,6 Urgut tumani 1 790,5 150 1 377 33 4 8 20 6 1 1 093 17 168 27 21,9 Qoʻshrabot tumani 545,3 149 350 34 1 3 17 1 196 25 33 40 5,3
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga 11.9-ILOVA
2022-yilda Surxondaryo viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirishning yigʻma
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga 11.10-ILOVA
2022-yilda Sirdaryo viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirishning yigʻma
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga 11.11-ILOVA
2022-yilda Toshkent viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirishning yigʻma
Hudud nomi Hajmi, (mlrd. soʻm) Oʻsish surʼati, (foiz) Yangidan tashkil etiladigan xizmat koʻrsatish obyektlari, (birlik) shundan: Jami ish oʻrni, (ming kishi) Qishloq xoʻjaligi sohasida xizmat koʻrsatish obyektlar Mehmonxonalar (30 oʻrindan ziyod) uy mehmonxonalari nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari nodavlat tibbiyot muassasalari yirik savdo majmualari chakana savdo koʻrsatish obyektlari umumiy ovqatlanish obyektlari Maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari (sartaroshxona va goʻzallik saloni, etikdoʻzlik va b.) Boshqalar Viloyat jami 32 119,7 149,1 2 361 61 38 73 166 78 32 1 133 389 286 105 69,3 Nurafshon shahri 1 249,1 150,8 45 2 6 5 1 2 15 8 6 3,0 Olmaliq shahri 2 300,2 148,9 191 1 1 1 5 1 148 7 20 7 3,1 Angren shahri 2 074,9 148,5 107 3 12 18 6 2 22 28 11 5 3,2 Bekobod shahri 1 502,4 150,2 25 2 1 2 1 9 4 6 2,9 Ohangaron shahri 645,8 148,3 32 3 15 9 5 2,4 Chirchiq shahri 2 611,9 148,3 318 3 2 5 217 60 22 9 4,2 Yangiyoʻl shahri 1 441,2 150,5 69 2 1 9 1 22 12 14 8 3,1 Oqqoʻrgʻon tumani 850,3 148,1 20 1 2 1 2 4 4 3 3 2,6 Ohangaron tumani 507,4 148,6 61 6 7 12 10 2 17 2 1 4 4,1 Bekobod tumani 934,1 148,2 224 5 2 37 2 144 11 21 2 2,6 Boʻstonliq tumani 1 963,0 151,9 132 3 18 14 2 5 1 60 10 13 6 4,0 Boʻka tumani 886,5 147,5 96 3 2 14 1 1 7 60 5 3 2,8 Quyichirchiq tumani 632,5 150,1 36 4 2 7 1 1 4 5 8 4 2,3 Zangiota tumani 3 078,9 154,4 127 4 3 2 2 70 3 38 5 3,9 Yuqorichirchiq tumani 1 231,5 150,8 157 4 2 32 8 5 64 30 9 3 2,9 Qibray tumani 3 217,4 146,1 179 3 1 2 3 6 1 101 44 12 6 3,6 Parkent tumani 1 248,2 150,5 102 6 5 10 1 2 2 27 17 28 4 3,4 Piskent tumani 500,7 147,6 15 2 2 1 4 2 2 2 2,3 Oʻrtachirchiq tumani 1 126,3 146,2 134 9 2 8 2 1 57 17 33 5 3,1 Chinoz tumani 916,0 145,7 69 4 7 6 1 18 22 8 3 3,0 Yangiyoʻl tumani 1 502,6 146,1 140 4 1 10 8 1 79 18 16 3 3,4 Toshkent tumani 1 698,8 148,1 82 3 1 1 2 3 2 50 4 10 6 3,4
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga 11.12-ILOVA
2022-yilda Fargʻona viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirishning yigʻma
Hudud nomi Hajmi, (mlrd. soʻm) Oʻsish surʼati, (foiz) Yangidan tashkil etiladigan xizmat koʻrsatish obyektlari, (birlik) shundan: Jami ish oʻrni, (ming kishi) Qishloq xoʻjaligi sohasida xizmat koʻrsatish obyektlar Mehmonxonalar (30 oʻrindan ziyod) uy mehmonxonalari nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari nodavlat tibbiyot muassasalari yirik savdo majmualari chakana savdo koʻrsatish obyektlari umumiy ovqatlanish obyektlari Maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari (sartaroshxona va goʻzallik saloni, etikdoʻzlik va b.) Boshqalar Viloyat jami 27 260,6 149,8 5 784 315 29 208 339 174 30 2 982 644 319 744 69,0 Margʻilon shahri 2 569,6 148,7 134 1 10 4 1 62 12 5 39 4,6 Fargʻona shahri 9 988,3 150,1 238 4 6 6 2 176 27 2 15 6,9 Quvasoy shahri 616,4 149,3 132 1 1 4 1 1 75 16 5 28 1,4 Qoʻqon shahri 4 724,0 149,0 228 2 10 3 2 2 77 32 25 75 5,0 Bagʻdod tumani 487,8 148,2 222 18 1 2 27 2 2 85 31 16 38 3,1 Beshariq tumani 529,0 151,6 330 23 2 2 19 17 1 165 51 10 40 3,2 Buvayda tumani 830,9 150,7 271 14 16 19 2 123 46 24 27 3,8 Dangʻara tumani 494,1 150,9 441 3 7 25 16 7 274 54 24 31 4,5 Yozyovon tumani 561,0 149,7 397 66 1 4 8 3 1 252 31 13 18 1,9 Oltiariq tumani 885,2 148,7 362 15 3 7 18 1 177 24 5 112 3,9 Qoʻshtepa tumani 528,9 147,0 254 28 1 19 13 1 95 38 22 37 2,9 Rishton tumani 697,8 151,2 303 28 3 5 15 20 2 137 41 35 17 3,9 Soʻx tumani 311,8 145,2 108 3 5 1 17 7 1 37 16 8 13 1,8 Toshloq tumani 639,7 149,9 235 15 25 9 95 9 12 70 3,8 Uchkoʻprik tumani 1 044,0 150,4 637,0 5 1 38 8 1 518 39 13 14 4,8 Fargʻona tumani 743,2 147,7 691 62 3 145 21 8 270 52 47 83 3,1 Furqat tumani 367,7 148,0 187 9 2 2 19 10 5 50 33 21 36 3,0 Oʻzbekiston tumani 543,7 150,8 377,0 3 5 14 23 8 216 55 23 30 3,2 Quva tumani 697,4 150,1 237 23 1 8 37 3 98 37 9 21 4,2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga 11.13-ILOVA
2022-yilda Xorazm viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirishning yigʻma
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son qaroriga 12-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5113-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 5-bandda:
birinchi xatboshidagi “300” raqami “150” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidan “(1-transh)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha 2021-yilga moʻljallangan “yoʻl xaritasi”ning 2-pozitsiyasida:
“Tadbirlar nomlanishi” ustunidagi “300” raqami “150” raqami bilan almashtirilsin;
“Bajarish muddati” ustunidan “(1-transh) 2021-yil yakuniga qadar (2-transh)” soʻzlari chiqarib tashlansin.