PQ-341-son Qaror · 02.08.2022

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (3-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-341
  • Qabul qilingan sana:02.08.2022
  • Kuchga kirgan sana:03.08.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/22/341/0701

Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq, Ohangaron, Chirchiq va Yangiyoʻl shaharlarida hamda Chinoz tumani markazida aholi va tadbirkorlik subyektlarining ichimlik va oqova suv xizmatlari bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish, ushbu hududlarning sanitariya-epidemiologik hamda ekologik holatini yanada yaxshilash, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:

1. Quyidagilar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — OTB) oʻrtasida “Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (3-bosqich)” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 25 yilda qaytarish sharti bilan 161,0 million AQSH dollari miqdoridagi qarz bitimi imzolanganligi;

b) loyihaning umumiy qiymati 185,8 million AQSH dollarini, shu jumladan:

OTB qarzi — 161,0 million AQSH dollarini;

loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi — qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplash va bojxona imtiyozlari shaklida 24,8 million AQSH dollarini tashkil etishi;

loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2022 — 2027-yillar) tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Belgilab qoʻyilsinki:

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun zarur tashkiliy-texnik tadbirlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishini, OTB qarzidan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlaydigan masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;

Toshkent viloyati hokimligi “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda loyihaning sifatli amalga oshirilishi, belgilangan koʻrsatkichlarga erishilishi va OTB qarzi qaytarilishi uchun javobgar hisoblanadi;

loyihani amalga oshirish davrida moliyaviy va boshqa xarajatlarni toʻlash OTB qarzi hisobidan amalga oshiriladi.

3. Quyidagilar:

“Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (3-bosqich)” loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;

“Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (3-bosqich)” loyihasi doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;

“Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (3-bosqich)” loyihasi doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarziga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining prognozi 3-ilovaga muvofiq;

“Toshkent suv taʼminoti” MCHJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatovga, zarur hollarda, loyihaning maqsadli koʻrsatkichlariga, texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlariga OTB bilan kelishgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.

4. Moliya vaziriga:

Oʻzbekiston Respublikasi nomidan zarur hollarda loyihani amalga oshirish uchun OTB hamda Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida imzolangan qarz bitimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;

loyiha boʻyicha OTB qarzini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni (keyingi oʻrinlarda — qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim) imzolash, shuningdek, zarur hollarda, ushbu bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.

5. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va OTB oʻrtasidagi qarz bitimi hamda qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim, shuningdek, zarur hollarda, ushbu bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha bitimlarga belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.

6. “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi (S. Saifnazarov) zimmasiga “Toshkent suv taʼminoti” MCHJ tomonidan qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq OTB qarzini qaytarish va foizlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar oʻz vaqtida jamlanib borilishini taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.

7. Toshkent viloyati hokimligi:

ichimlik va oqova suv quvurlari hamda suv inshootlari qurish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalari belgilangan tartibda ajratilishini, shuningdek, zaruratga koʻra yer uchastkalari ajratilishi bilan bogʻliq kompensatsiya toʻlovlari toʻlanishini taʼminlasin;

2027-yildan boshlab Toshkent viloyati mahalliy budjeti parametrlarida OTB qarzi boʻyicha foizlarni va asosiy qarzni qaytarish uchun “Toshkent suv taʼminoti” MCHJ tomonidan ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan oʻz mablagʻlari bilan bir qatorda qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.

8. “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tarkibidagi OTBning amaldagi loyihalarini boshqarish guruhiga, guruhni qoʻshimcha ravishda malakali mutaxassislar bilan taʼminlagan holda loyihani muvofiqlashtirish va boshqarish funksiyalari yuklansin.

9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil va kelgusi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturida har bir yil uchun asosiy koʻrsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda ushbu loyiha doirasida ajratiladigan mablagʻlarni inobatga olsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 2-avgust,

PQ-341-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-341-son qaroriga 1-ILOVA

“Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (3-bosqich)” loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning

* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan keyin hamda tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-341-son qaroriga 2-ILOVA

“Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (3-bosqich)” loyihasi doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-341-son qaroriga 3-ILOVA

“Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (3-bosqich)” loyihasi doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarziga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-341-son qaroriga 4-ILOVA

“Toshkent suv taʼminoti” MCHJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.