PQ-342-son Qaror · 02.08.2022

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Namangan viloyati Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suv taʼminotini yaxshilash hamda Chust va Mingbuloq tumanlari markazlarida oqova suv tizimlarini qurish” hamda “Oqtosh” va “Poshxurt” yer osti suv manbalaridan suv quvuri qurish yoʻli bilan Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanining suv taʼminotini yaxshilash” loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-342
  • Qabul qilingan sana:02.08.2022
  • Kuchga kirgan sana:03.08.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/22/342/0702

Namangan va Surxondaryo viloyatlarida aholi va tadbirkorlik subyektlarining ichimlik suv va oqova suv tizimi bilan taʼminlanganligi darajasini oshirish, hududlarning sanitariya-epidemiologik hamda ekologik holatini yanada yaxshilash, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:

1. Quyidagilar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — YETTB) oʻrtasida jami 120,0 million AQSH dollari miqdorida qarz bitimlari imzolanganligi, shu jumladan:

“Namangan viloyati Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suv taʼminotini yaxshilash hamda Chust va Mingbuloq tumanlari markazlarida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Namangan loyihasi) amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 18 yilda qaytarish sharti bilan 70 million AQSH dollari miqdorida;

“Oqtosh” va “Poshxurt” yer osti suv manbalaridan suv quvuri qurish yoʻli bilan Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanining suv taʼminotini yaxshilash” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Surxondaryo loyihasi) amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 18 yilda qaytarish sharti bilan 50 million AQSH dollari miqdorida qarz ajratilishi koʻzda tutilganligi;

b) Namangan loyihasining umumiy qiymati 84,55 million AQSH dollarini, shu jumladan:

YETTB qarzi — 70 million AQSH dollarini;

loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi — qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplash va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish hamda YETTB qarzi boʻyicha foizlar va investitsiya davrida majburiyatlar uchun vositachilik haqi koʻrinishida 14,55 million AQSH dollarini tashkil etishi;

v) Namangan loyihasini amalga oshirish davri 4 yilni (2022 — 2026-yillar) tashkil etishi;

g) Surxondaryo loyihasining umumiy qiymati 60,38 million AQSH dollarini, shu jumladan:

YETTB qarzi — 50 million AQSH dollarini;

loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi — qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplash va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish hamda YETTB qarzi boʻyicha foizlar va investitsiya davrida majburiyatlar uchun vositachilik haqi koʻrinishida 10,38 million AQSH dollarini tashkil etishi;

d) Surxondaryo loyihasini amalga oshirish davri 4 yilni (2022 — 2026-yillar) tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Belgilab qoʻyilsinki:

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ Namangan loyihasi va Surxondaryo loyihasining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun zarur tashkiliy-texnik tadbirlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishini, YETTBning qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash uchun masʼul ijro etuvchi organ;

Namangan va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda tegishliligi boʻyicha Namangan loyihasi va Surxondaryo loyihasining sifatli amalga oshirilishi, belgilangan koʻrsatkichlarga erishilishi va YETTB qarzlarining qaytarilishi uchun javobgar hisoblanadi.

3. Quyidagilar:

“Namangan viloyati Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suv taʼminotini yaxshilash hamda Chust va Mingbuloq tumanlari markazlarida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;

“Oqtosh” va “Poshxurt” yer osti suv manbalaridan suv quvuri qurish yoʻli bilan Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanining suv taʼminotini yaxshilash” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 2-ilovaga muvofiq;

“Namangan viloyati Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suv taʼminotini yaxshilash hamda Chust va Mingbuloq tumanlari markazlarida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq;

“Oqtosh” va “Poshxurt” yer osti suv manbalaridan suv quvuri qurish yoʻli bilan Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanining suv taʼminotini yaxshilash” loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 4-ilovaga muvofiq;

“Namangan viloyati Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suv taʼminotini yaxshilash hamda Chust va Mingbuloq tumanlari markazlarida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarziga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining prognozi 5-ilovaga muvofiq;

“Oqtosh” va “Poshxurt” yer osti suv manbalaridan suv quvuri qurish yoʻli bilan Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanining suv taʼminotini yaxshilash” loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarziga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining prognozi 6-ilovaga muvofiq;

“Namangan suv taʼminoti” MCHJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 7-ilovaga muvofiq;

“Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Moliya vaziriga “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va tegishincha Namangan viloyati hokimligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, “Namangan suv taʼminoti” MCHJ va “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ bilan YETTB qarz mablagʻlarini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolash, shuningdek, zarur hollarda, ushbu bitimlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) hisobidan yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar bojxona bojidan ozod qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Belgilansinki, Namangan loyihasi va Surxondaryo loyihasini amalga oshirish doirasida:

hosil boʻladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari hisobidan toʻlanadi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;

olib kiriladigan tovarlarni bojxona bojidan ozod qilish va qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hamda moliyaviy xarajatlarni respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish Oʻzbekiston Respublikasining Namangan loyihasi va Surxondaryo loyihasini amalga oshirishdagi ulushi deb hisoblanadi.

6. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va YETTB oʻrtasidagi qarz bitimlari hamda Moliya vazirligi bilan “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va tegishincha Namangan viloyati hokimligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, “Namangan suv taʼminoti” MCHJ va “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ oʻrtasida YETTB qarz mablagʻlarini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlar, shuningdek, zarur hollarda, ushbu bitimlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha bitimlarga belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.

7. “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi (S. Saifnazarov) zimmasiga “Namangan suv taʼminoti” MCHJ va “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ tomonidan qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlar shartlariga muvofiq YETTB qarzini qaytarish va foizlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar oʻz vaqtida jamlab borilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

8. Namangan loyihasi va Surxondaryo loyihasini muvofiqlashtirish va boshqarish vazifasi “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tarkibidagi YETTB amaldagi loyihalarini amalga oshirish guruhiga yuklansin.

9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarida har bir yil uchun asosiy koʻrsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda Namangan loyihasi va Surxondaryo loyihasi doirasida ajratiladigan mablagʻlarni inobatga olsin.

10. Namangan va Surxondaryo viloyati hokimliklari:

ichimlik va oqova suv quvurlari hamda ichimlik va oqova suv inshootlari qurish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ajratilishini, shuningdek, yer uchastkalari ajratilishi bilan bogʻliq kompensatsiya toʻlovlari toʻlanishini;

joriy yildan boshlab mahalliy budjet parametrlarida YETTB qarzi boʻyicha foizlarni va asosiy qarzni qaytarish uchun tegishincha “Namangan suv taʼminoti” MCHJ va “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ tomonidan ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan oʻz mablagʻlari bilan bir qatorda qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.

11. Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi (E.T. Yuldashev) Namangan loyihasi va Surxondaryo loyihasi doirasidagi mablagʻlarning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin hamda har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.

12. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.E. Burxanov) Namangan loyihasi va Surxondaryo loyihasi doirasida ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.

13. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Adliya vazirligi, Namangan va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmuni va ahamiyatini aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yetkazish, ularga ichimlik va oqova suv tizimi bilan taʼminlanadigan hududlar toʻgʻrisida maʼlumot berib borish hamda qurilish-montaj ishlari ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish choralarini koʻrsin.

14. Quyidagilar:

moliya vaziri T. Ishmetov — YETTB bilan Namangan loyihasi va Surxondaryo loyihasi boʻyicha qarz bitimlariga asosan mablagʻlarni oʻz vaqtida jalb qilishga;

uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sh. Hidoyatov va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi S. Saifnazarov — Namangan loyihasi va Surxondaryo loyihasi boʻyicha mablagʻlarning samarali yoʻnaltirilishiga, qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishini taʼminlashga, obyektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini belgilangan muddatlarda ishga tushirishga;

investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosarlari A. Voitov va Sh. Vafayev — Namangan loyihasi va Surxondaryo loyihasi amalga oshirilishini muvofiqlashtirishga, natijadorligini taʼminlashga, tasdiqlangan prognoz parametrlari bajarilishini tizimli muhokama qilib borishga, loyihalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkor hal etib borishga;

Namangan viloyati hokimi Sh. Abdurazakov, Surxondaryo viloyati hokimi T. Bobolov va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi S. Saifnazarov — “Namangan suv taʼminoti” MCHJ va “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”da belgilangan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida bajarishni taʼminlashga, tuzilgan bitim shartlariga muvofiq qarz mablagʻlarini oʻz vaqtida qaytarishga shaxsan masʼul va javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin.

15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 2-avgust,

PQ-342-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-342-son qaroriga1-ILOVA

“Namangan viloyati Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suv taʼminotini yaxshilash hamda Chust va Mingbuloq tumanlari markazlarida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasining

* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan keyin hamda tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-342-son qaroriga2-ILOVA

“Oqtosh” va “Poshxurt” yer osti suv manbalaridan suv quvuri qurish yoʻli bilan Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanining suv taʼminotini yaxshilash” loyihasining

* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan keyin hamda tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-342-son qaroriga3-ILOVA

“Namangan viloyati Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suv taʼminotini yaxshilash hamda Chust va Mingbuloq tumanlari markazlarida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-342-son qaroriga4-ILOVA

“Oqtosh” va “Poshxurt” yer osti suv manbalaridan suv quvuri qurish yoʻli bilan Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanining suv taʼminotini yaxshilash” loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-342-son qaroriga5-ILOVA

“Namangan viloyati Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suv taʼminotini yaxshilash hamda Chust va Mingbuloq tumanlari markazlarida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarziga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-342-son qaroriga6-ILOVA

“Oqtosh” va “Poshxurt” yer osti suv manbalaridan suv quvuri qurish yoʻli bilan Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanining suv taʼminotini yaxshilash” loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarziga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining

Oʻzbekiston Respublika Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-342-son qaroriga7-ILOVA

“Namangan suv taʼminoti” MCHJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha

(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)

Oʻzbekiston Respublika Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-342-son qaroriga8-ILOVA

“Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha

(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.