PQ-369-son Qaror · 06.09.2022

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-369
  • Qabul qilingan sana:06.09.2022
  • Kuchga kirgan sana:07.09.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/22/369/0800

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:

1. 2022-yil 21-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida sanoat mulkini muhofaza qilish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlansin.

2. Adliya vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilansin.

3. Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ toʻgʻrisida Ozarbayjon tomoniga tegishli bildirishnomani yuborsin.

4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 6-sentabr,

PQ-369-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.