Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmonining Toshkent viloyatida ijrosini taʼminlash va qulay agrobiznes muhitini yaratish maqsadida:
1. Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan yangi tartib asosida Toshkent viloyatining tuman va shaharlaridagi mavjud muammo va imkoniyatlar chuqur oʻrganilgan holda, hududlar kesimida muhim loyihalar shakllantirilganligi va mahalliy jamoatchilik ishtirokida keng muhokama qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Toshkent viloyatida qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, zamonaviy intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etish hamda intensiv sabzavotchilikni yoʻlga qoʻyish orqali hosildorlikni oshirish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro faol hamkorlik qilish hamda sohaga bosqichma-bosqich innovatsion yechimlar (nou-xau) joriy etish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ichki bozor talabini qondirish hamda ularni eksport qilish;
qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish va urugʻchiligini tashkil etishda ilgʻor ilm-fan yutuqlarini qoʻllash.
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining:
1-ilovaga muvofiq 2022-2023-yillarda Toshkent viloyati tumanlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish;
Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaligining 20 ming gektar yaylov yerlarini tuman zaxirasiga qaytarish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
5. Toshkent viloyatida 2028-yil 1-yanvarga qadar qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketgan hamda yangidan oʻzlashtirishga moʻljallangan yer maydonlaridan qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun foydalanishning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi joriy etilsin:
a) yer uchastkalariga ijara huquqini berish boʻyicha “E-AUKSION” savdo platformasida ochiq elektron tanlovlarini oʻtkazish muddati 7 kun etib belgilanadi, bunda bitta talabgor ishtirok etganda ham gʻolib deb eʼtirof etiladi;
b) yer uchastkalari koʻp tarmoqli yoʻnalishda ochiq tanlovlarga chiqariladi hamda yerdan foydalanuvchiga ixtisosligini ixtiyoriy belgilash (oʻzgartirish) huquqi beriladi. Bunda, yerdan foydalanuvchi ijaraga beruvchini rasmiy ravishda xabardor qiladi;
v) yer osti suvlaridan foydalanish boʻyicha gidrogeologik xulosalar toʻlovlarsiz taqdim etiladi.
6. Toshkent viloyati hokimligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, tumanlar hokimliklari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda oʻzlashtiriladigan yangi yer uchastkalarini ijaraga berish uchun ularning qisqa muddatlarda ochiq elektron tanlovga chiqarilishini taʼminlasin.
7. Quyidagilar:
Toshkent viloyati tumanlarida 2022 — 2025-yillarda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Toshkent viloyati tumanlarida 2023-yilda intensiv usulda sabzavot ekinlarini ekish va mahsulot yetishtirish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) ikki hafta muddatda 2023 — 2025-yillarda Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq, Toshkent viloyatida qishloq xoʻjaligi yerlarini foydalanishga kiritish va oʻzlashtirish uchun sugʻorish infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha Qishloq xoʻjaligi vazirligiga mablagʻ ajratish yuzasidan taklif kiritsin.
9. Bosh vazir oʻrinbosari Sh. Gʻaniyev Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (B. Norqobilov) bilan birgalikda Toshkent viloyati tumanlarida 2022-2023-yillarda chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.
10. Bosh vazir oʻrinbosari J. Xodjayev Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Voitov) bilan birgalikda Toshkent viloyatida 2023-yilda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxatini tasdiqlasin.
11. Toshkent viloyati tumanlarida qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirish boʻyicha Respublika ishchi guruhi tarkibi (keyingi oʻrinlarda — Respublika ishchi guruhi) 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
12. Respublika ishchi guruhi (I. Abduraxmonov):
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
a) mazkur qarorda belgilangan topshiriqlarning samarali va oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlasin hamda natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga har chorakda maʼlumot kiritib borsin;
b) ixtisoslashtirilayotgan hududlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarining turlariga qarab plantatsiya shaklida eksportbop ekin turlarini joylashtirish va yetishtiriladigan mahsulot hajmlarini aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar belgilasin hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilishni tashkil etsin;
v) Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (N. Abdullayev) bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan davlat-xususiy sheriklik asosida agrologistika markazlarini tashkil etish, jumladan saralash va qadoqlash uskunalarini va yuk avtomashinalarini xarid qilishni oʻz ichiga olgan loyihalarning manzilli dasturini tasdiqlasin va har chorakda uning bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga batafsil maʼlumot kiritib borsin.
(12-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
13. Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev) Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov) bilan birgalikda bir oy muddatda Ohangaron tumanidagi tabiiy oʻrmonzorlar mavjud boʻlgan yer maydonlarini Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi balansiga oʻtkazish boʻyicha taklif kiritsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
15. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning mazmun-mohiyatini atroflicha yoritib borsin.
16. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Toshkent viloyati hokimi Z.T. Mirzayev va qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov belgilansin.
Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 1-dekabr,
PQ-435-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-dekabrdagi PQ-435-son qaroriga 1-ILOVA
2022-2023-yillarda Toshkent viloyati tumanlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-dekabrdagi PQ-435-son qaroriga 2-ILOVA
Toshkent viloyati tumanlarida 2022 — 2025-yillarda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-dekabrdagi PQ-435-son qaroriga 3-ILOVA
Toshkent viloyati tumanlarida 2023-yilda intensiv usulda sabzavot ekinlarini ekish va mahsulot yetishtirish boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-dekabrdagi PQ-435-son qaroriga 4-ILOVA
Toshkent viloyati tumanlarida qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirish boʻyicha Respublika ishchi guruhi
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-dekabrdagi PQ-435-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6198-son Farmoniga 1-ilovaning 23-pozitsiyasida:
a) “Amalga oshirish mexanizmi” ustunining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) “Bajarish muddatlari” ustunidagi “2022-yil 1-noyabr” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4803-son qaroriga 2a-ilovaning “IV. Agrologistika komplekslarini tashkil etish” boʻlimi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi “Dehqon xoʻjaliklari tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-373-son qaroriga 1.11-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qaroriga 1.11-ILOVA
Toshkent viloyati tumanlarida fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʻalladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlar hisobidan fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmlari
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-oktabrdagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-387-son qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bosh Vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchi korxonalarning aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga 2 yil muddatga, shu jumladan 12 oylik imtiyozli davr bilan 10 million AQSH dollari miqdorida yillik 2 foiz stavkada mablagʻ ajratsin”.