PQ-438-son Qaror · 07.12.2022

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 118 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-438
  • Qabul qilingan sana:07.12.2022
  • Kuchga kirgan sana:09.12.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/22/438/1075

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida yer hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirish, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:

1. Quyidagilar:

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Direktorlar kengashi tomonidan “Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 118 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) moliyalashtirish uchun 18 yil muddatga, shu jumladan 4 yillik imtiyozli davr bilan 199,96 million AQSH dollari miqdorida kredit ajratish maʼqullanganligi;

Loyihaning umumiy qiymati 247,51 million AQSH dollarini tashkil etishi, shu jumladan Loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining hissasi 47,55 million AQSH dollari ekvivalentida, shundan 33,95 million AQSH dollari respublika budjeti hisobidan qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplab berish va bojxona bojidan ozod etish shaklida boʻlishi;

Loyihani amalga oshirishda “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida rasmiylashtirilgan maxsus texnikalar, mexanizmlar va texnologik uskunalar bojxona bojlari va soliq toʻlovlaridan shartli ozod etilishi;

Loyihani amalga oshirish davri 4 yil (2023 — 2027-yillar) etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Belgilansinki:

Suv xoʻjaligi vazirligi — Loyihani amalga oshirish, kreditdan maqsadli hamda samarali foydalanish, shuningdek, Loyihaning barcha maqsadli koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlash boʻyicha masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;

Loyihani boshqarish va muvofiqlashtirish funksiyalari Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) yuklanadi;

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kreditini qaytarish, shuningdek, kredit boʻyicha foiz, vositachilik haqi va boshqa toʻlovlar bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan qoplanadi.

3. “Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 118 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida erishiladigan natijalar boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev Andijon (Sh.Q. Abduraxmonov), Namangan (Sh.Sh. Abdurazakov) va Fargʻona (X.X. Bozarov) viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda:

a) mazkur qarorga 1-ilova bilan tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlarga muvofiq Loyihani amalga oshirish davri yakuniga qadar kamida:

30 ming gektar foydalanishdan chiqib ketgan yer maydonlarining qayta foydalanishga kiritilishini;

57 ming gektar sugʻoriladigan yer maydonlarining suv taʼminoti yaxshilanishini;

4 500 ta tomorqa xoʻjaligi barqaror suv bilan taʼminlanishini;

287 mln kVt/s elektr energiyasi iqtisod qilinishini taʼminlasin;

b) tegishli hududlardan Loyiha doirasida Markazga tekin foydalanish huquqi bilan zarur bino va inshootlar (xonalar) ajratilishini taʼminlasin.

4. Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev):

Loyihani amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida Markaz tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etsin;

Loyihani amalga oshirish guruhining har yillik xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin;

Loyiha doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar boʻyicha bosh pudrat tashkilotlarini belgilangan tartibda, ochiqlik va oshkoralikni taʼminlagan holda tender savdolari asosida aniqlasin.

5. Quyidagilar:

“Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 118 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;

“Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 118 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish” loyihasi uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan jalb etiladigan kredit boʻyicha asosiy qarzni qaytarish va foizlar toʻlashning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Andijon (Sh.Q. Abduraxmonov), Namangan (Sh.Sh. Abdurazakov) va Fargʻona (X.X. Bozarov) viloyatlari hokimliklari 2023-yil 1-iyunga qadar oʻz hududida Loyihaning samaradorligini oshirish, qaytadan foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarini ishlatish hamda suv taʼminoti yaxshilanadigan maydonlardan qoʻshimcha daromad olish yoʻnalishlari boʻyicha aniq chora-tadbirlarni qamrab oladigan “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga (Sh.M. Gʻaniyev) taqdimot qilsin.

7. Suv xoʻjaligi vazirligi (B. Kamalov) Loyihani amalga oshirish doirasida qarz shartnomasida belgilangan mablagʻ hisobidan mahsulotlar va xizmatlarning 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy ishlab chiqaruvchilaridan xarid qilinishi taʼminlasin.

8. Belgilansinki, Loyiha mablagʻlari bilan bogʻliq bank operatsiyalari tijorat banklarida ochiladigan talab qilib olguncha alohida depozit hisobvaraqlari (ikkilamchi) orqali amalga oshiriladi.

Bunda, mazkur hisobvaraqlar orqali ish haqi, soliq toʻlovlari, shuningdek, Loyiha doirasidagi boshqa xarajatlar qoplanadi. Ushbu hisobvaraqlardan Markazning boshqa loyihalari boʻyicha majburiyatlarni qoplash uchun mablagʻlarni yoʻnaltirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

9. Moliya vaziri T.A. Ishmetovga Loyiha doirasida kredit kelishuvini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.

10. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasidagi kredit kelishuvi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.

11. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (N.K. Xolmurodov) Moliya vazirligi (O.R. Isakov) bilan birgalikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarida har bir yil uchun asosiy koʻrsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda, Loyiha doirasida ajratiladigan mablagʻlarni inobatga olsin.

12. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev) hamda Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov) 2023-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda Loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hissasini moliyalashtirish uchun kapital qoʻyilmalar limitlarini nazarda tutsin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) hisobidan yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar bojxona bojidan ozod qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

14. Suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan:

Tashqi ishlar vazirligi — Loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini;

Ichki ishlar vazirligi — Loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishini (muddati uzaytirilishini);

(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — belgilangan tartibda Loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini taʼminlasin.

15. Quyidagilar:

suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev, Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abduraxmonov, Namangan viloyati hokimi Sh.Sh. Abdurazakov va Fargʻona viloyati hokimi X.X. Bozarov Loyihani amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni taʼminlashga, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tartib-taomillari hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq zarur hisobot va hujjatlar oʻz vaqtida tayyorlanishi va taqdim etilishini tashkil etishga;

qurilish vaziri B.I. Zakirov Loyiha doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatilishiga;

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.E. Burxanov Loyiha doirasida ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatilishiga shaxsan masʼul va javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin.

16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 7-dekabr,

PQ-438-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi PQ-438-son qaroriga 1-ILOVA

“Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 118 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida erishiladigan natijalar boʻyicha

* prognoz koʻrsatkichlar loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgandan soʻng oʻzgarishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi PQ-438-son qaroriga 2-ILOVA

“Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 118 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish” loyihasining

* loyihaning yakuniy qiymati tender savdolari natijalari asosida va kreditning haqiqiy qiymati hamda uni taqdim etish shartlariga muvofiq belgilanadi.

** qurilish-montaj ishlarida agregatlarni montaj qilish, nasos stansiyasi binolarini qurish va taʼmirlash, tashqi tarmoqlarni qayta tiklash, obodonlashtirish ishlari, yordamchi mexanik uskunalarni xarid qilish va oʻrnatish hamda kutilmagan xarajatlar koʻzda tutilgan;

*** loyihani amalga oshirish jarayonida loyiha tashabbuskori soliqni moliyalashtirish sxemasini ishlab chiqadi, Moliya vazirligi bilan birgalikda toʻlovlarni belgilangan stavkalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qarori asosida amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi PQ-438-son qaroriga 3-ILOVA

“Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 118 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish” loyihasi uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan jalb etiladigan kredit boʻyicha asosiy qarzni qaytarish va foizlar toʻlashning

* kredit boʻyicha foizlarni hisoblab chiqishda 6 oylik SOFR (2,48978 foiz) + CAS (0,41 foiz) oʻzgaruvchan foiz stavkasi 2,89978 foizga teng deb hisoblangan.

** boshlangʻich bir martalik toʻlov kredit hisobidan toʻlanadi.

*** majburiyat uchun toʻlov kredit bitimi imzolangandan soʻng 60 kundan keyin hisoblanadi.

**** toʻlov summasi kreditning amalda oʻzlashtirilishidan kelib chiqib aniqlanadi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.