PQ-182-son Qaror · 07.06.2023

2023-2024-yillarda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-182
  • Qabul qilingan sana:07.06.2023
  • Kuchga kirgan sana:10.06.2023
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/23/182/0349

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi mavjud zaxiralardan toʻliq va samarali foydalanish, savdo, xizmat koʻrsatish va turizm sohalarini jadal rivojlantirish, ijtimoiy soha va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash orqali aholining turmush darajasini yanada oshirish maqsadida:

1. Toshkent shahar hokimligining Shayxontohur tumanida quyidagilarni nazarda tutuvchi 20,7 km uzunlikdagi “Turizm halqasi”ni barpo etish taklifi maʼqullansin:

uzilishsiz piyodalar yoʻlagi (nogironligi boʻlgan shaxslar, shu jumladan koʻzi ojizlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan holda) va veloyoʻlaklar hamda yashil hududlar barpo etish;

sugʻorish va irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya qilish;

hunarmandchilik markazlari va tematik sayilgohlarni tashkil etish, aholi gavjum koʻchalarni tunu kun faoliyat koʻrsatadigan savdo, koʻngilochar, gastronomik va turizm koʻchalariga aylantirish;

Toshkent shahrining tarixiy darvozalarini qayta tiklash.

(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 2-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)

(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 3-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)

4. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda Samarqand darvoza mahallasidagi “Zamonaviy kasblar maktabi”ni yoshlar va xotin-qizlarni zamonaviy kasblarga oʻqitishni tashkil etish uchun quyidagi majburiyatlar asosida xususiy sektorga tekin foydalanishga berishni taʼminlasin:

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlar taʼlimi uchun grantlar ajratish;

taʼlim jarayonlariga tegishli sohadagi nufuzli ish beruvchilarni maʼruzachi sifatida jalb etish hamda oʻquv mashgʻulotlarini amaliyot bilan birgalikda olib borish;

Toshkent shahar hokimligi bilan kelishilgan kvota doirasida bitiruvchilarni ishga joylashtirish.

5. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahri, Shayxontohur tumani Sarxumdon mahallasidagi ixtisoslashtirilgan maktab hududidan 0,08 ga yer maydonini Toshkent shahar hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy loyiha asosida temirchilik ustaxonalarini rekonstruksiya qilish uchun maktabga tutash hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

6. Toshkent shahar hokimligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi taʼlim tashkilotlarida mavjud boʻsh yer maydonlarini 2-ilovaga muvofiq auksion savdolariga chiqarsin.

Bunda, mazkur yer maydonlarini sotishdan tushgan mablagʻlar tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini va maktablarni taʼmirlash hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilsin.

(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 7-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)

8. Toshkent shahar hokimligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Madaniyat vazirligi bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Oʻzbekiston davlat sirki binosining rekonstruksiya qilinishini taʼminlasin.

(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)

9. Toshkent shahar hokimligi:

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va “Toshkentboshplanliti” DUK bilan birgalikda Shayxontohur tumanining arxitektura qiyofasini yaxshilash va investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida 2024-yil 1-iyunga qadar bosqichma-bosqich tuman hududlarining loyiha konsepsiyasini (dizayn kod va master rejalar) mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan ishlab chiqsin;

salohiyatli investorlarni jalb qilgan holda, konsepsiya asosida zamonaviy savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari, energiya tejamkor texnologiyalar asosida turarjoy majmualari barpo etilishini taʼminlasin.

Bunda, qurilish ishlari xususiy investorlarni keng jalb etish hisobiga renovatsiya asosida, birinchi navbatda, eskirgan va avariya holatdagi kam qavatli uylarning muhandislik tarmoqlarini yangilashni nazarda tutgan holda amalga oshirilsin.

10. Toshkent shahar hokimligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda salohiyatli investorlar bilan muzokaralar olib borgan holda uch oy muddatda Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti hududida ekologik toza va yuqori texnologik ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 3-ilovaga muvofiq markazlashtirilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda inobatga olsin.

Bunda, mazkur obyektlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar 2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida iqtisod qilingan va oʻzlashtirilmagan mablagʻlarni qayta taqsimlash hisobidan moliyalashtirilsin.

12. Toshkent shahar hokimligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Sh.B. Umurzakov belgilansin.

Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 7-iyun,

PQ-182-son

(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 1-ilovaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyundagi PQ-182-son qaroriga2-ILOVA

Nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun auksion savdolariga chiqariladigan Shayxontohur tumanidagi taʼlim tashkilotlaridagi boʻsh yer maydonlari

T/r Manzili Maqsadi Auksionga chiqariladigan yer maydoni (ga) 1. “Ibn Sino” MFYda joylashgan 262-son maktab hududi Xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotini (MTT) tashkil etish 0,16 2. “Katta Jarariq” MFYda joylashgan 320-son maktab hududi Xususiy MTT tashkil etish 0,16 3. “Shodlik” MFYda joylashgan 276-son maktab hududi Xususiy MTT tashkil etish 0,08 4. “Mannon Uygʻur” MFYda joylashgan 167-son maktab hududi Xususiy MTT tashkil etish 0,08 5. “Tinchlik” MFYda joylashgan 92-son maktab hududi Xususiy MTT tashkil etish 0,16 6. “Olim Xoʻjayev” MFYda joylashgan 157-son maktab hududi Xususiy MTT tashkil etish 0,16 7. “Charxnovza” MFYda joylashgan 254-son maktab hududi Xususiy MTT tashkil etish 0,16 8. “Yangi Beltepa” MFYda joylashgan 316-son maktab hududi Xususiy MTT va maktab tashkil etish 0,45 9. “Kohota” MFYdagi faoliyati yuritmayotgan 21-son davlat MTT hududi Xususiy maktab tashkil etish 0,36 JAMI: 1,77

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyundagi PQ-182-son qaroriga3-ILOVA

2024-yilda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida qurish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal taʼmirlash rejalashtirilgan ijtimoiy soha obyektlari

T/r Tadbirlar nomi Oʻlchov birligi Quvvati Loyiha qiymati (mln soʻm) Moliyalashtirish manbai Jami 176 760 I. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari, jami 3 012 43 600 Rekonstruksiya qilish 180 6 400 1. “Shofayzi” MFYdagi 187-son maktabgacha taʼlim tashkilotini rekonstruksiya qilish va jihozlash oʻrin 180 6 400 Respublika budjeti Yangi qurilish va mukammal taʼmirlash 2 832 37 200 2. “Shodlik” MFYdagi 588-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash oʻrin 840 12 000 Respublika budjeti 3. “Bogʻkoʻcha” MFYdagi 321-son maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash oʻrin 72 2 500 Respublika budjeti 4. “Ipakchi” MFYdagi 259-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash oʻrin 240 2 000 Respublika budjeti 5. “Sarxumdon” MFYdagi 445-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash oʻrin 420 3 500 Respublika budjeti 6. “Ibn Sino” MFYdagi 197-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash oʻrin 720 10 000 Respublika budjeti 7. “Zafarobod” MFYdagi 456-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash va 180 oʻrinli yangi qoʻshimcha bino qurish va jihozlash oʻrin 540 7 200 Respublika budjeti II. Umumtaʼlim maktablari, jami 6 328 114 360 Yangi qurilish va mukammal taʼmirlash 6 328 114 360 8. 42-son maktabning mavjud binosini mukammal taʼmirlash va qoʻshimcha 990 oʻrinli oʻquv binosi qurish va jihozlash oʻrin 1 050 25 500 Respublika budjeti 9. 59-son maktabning mavjud binosini mukammal taʼmirlash va qoʻshimcha 540 oʻrinli oʻquv binosi qurish va jihozlash oʻrin 960 21 400 Respublika budjeti 10. 169-son maktabning mavjud binosini mukammal taʼmirlash va qoʻshimcha 660 oʻrinli oʻquv binosi qurish va jihozlash oʻrin 1 010 22 460 Respublika budjeti 11. 132-son maktabning mavjud binosini mukammal taʼmirlash va qoʻshimcha 540 oʻrinli bino qurish va jihozlash oʻrin 1 500 21 400 Respublika budjeti 12. 180-son maktabga qoʻshimcha 540 oʻrinli bino qurish va jihozlash oʻrin 1 500 16 400 Respublika budjeti 13. 45-son maktabning mavjud binosini mukammal taʼmirlash va qoʻshimcha 200 oʻrinli bino qurish va jihozlash oʻrin 308 7 200 Respublika budjeti III. Boshqa obyektlar, jami 1 000 18 800 14. “Kattahovuz” MFYda joylashgan tuman markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasi hamda binoda joylashgan 6-sonli bolalar stomatologik poliklinikasini mukammal taʼmirlash va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash qatnov 500 11 000 Respublika budjeti 15. “Taxtapul” MFYda joylashgan 42-son poliklinikani mukammal taʼmirlash va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash qatnov 500 7 800 Respublika budjeti

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.