HK · 53-modda

53-modda. Havo kemasi ekipaji aʼzolariga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi

Havo kemasi ekipaji aʼzolari parvozda oʻz xizmat vazifalarini bajarish chogʻida tan jarohatlari olgan yoki sogʻliqlariga boshqa zarar yetkazilgan taqdirda, havo kemasining ekspluatanti, agar u yetkazilgan zarar jabrlanuvchining qasddan qilingan harakati natijasi ekanligini isbotlab bera olmasa, jabrlanuvchiga zararning u oladigan nafaqadan yoki unga jarohatidan keyin tayinlangan va amalda u oladigan pensiyadan ortiqcha qismini qoplashi shart.

Havo kemasi ekipajining aʼzosi parvozda oʻz xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan taqdirda, yetkazilgan zararni qoplash marhumning qaramogʻida boʻlgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga yoki faoliyat roʻy bergan kungacha undan nafaqa olishga huquqi boʻlgan shaxslarga, shuningdek marhumning vafotidan soʻng dunyoga kelgan farzandiga yuqorida qayd etilgan tartibda amalga oshiriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.