HK · 51-modda

51-modda. Havo kemasi ekipaji

Havo kemasi ekipaji kema komandiri, uchuvchilar tarkibiga kiruvchi boshqa shaxslar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan iborat boʻladi.

Fuqaro va davlat aviatsiyasi havo kemalarining ekipaji tarkibi havo kemalarining turi va vazifasi, maqsadi va ulardan foydalanish sharoitlari hisobga olinib, havo kemasining loyihalovchisi va buyurtmachisi tomonidan belgilanadi hamda har bir turdagi havo kemasining parvozda foydalanish hujjatlariga yozib qoʻyiladi. Bundan tashqari, havo kemalari ekipaji tarkibiga tegishlicha Aviatsiya maʼmuriyati yoki Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda shu kemadan foydalanishga aloqador boshqa aviatsiya xodimlari ham kiritilishi mumkin.

Eksperimental aviatsiya havo kemasi ekipajining tarkibi tajriba-konstruktorlik, eksperimental yoki ilmiy-tadqiqot ishlarining maqsad va vazifalariga bogʻliq holda Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya maʼmuriyati bilan kelishuvga koʻra havo kemasining ishlab chiqaruvchisi va loyihalovchisi tomonidan belgilanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.