HK · 53-1-modda

53-1-modda. Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlariga beriladigan kafolatlar va imtiyozlar

Fuqaro aviatsiyasi korxonalari aviatsiya xodimlarining alohida toifalarini ular xizmat vazifalarini bajarayotganda belgilangan namunadagi formali kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan taʼminlaydi.

Fuqaro aviatsiyasi korxonalari aviatsiya xodimlariga foydalanilayotgan havo kemalarida imtiyozli tarzda yurish huquqini berishi mumkin.

Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlariga ushbu moddaga koʻra beriladigan va mehnatga haq toʻlash toʻgʻrisidagi tarmoq bitimlarida belgilangan kafolatlar va imtiyozlar fuqaro aviatsiyasi korxonalarining mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi hamda jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.