PQ-5262-son Qaror · 20.10.2021

Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-5262
  • Qabul qilingan sana:20.10.2021
  • Kuchga kirgan sana:21.10.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/21/5262/0977

Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash, qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar eksport hajmlarini koʻpaytirish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita oʻrganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish boʻyicha 2021-yil 20-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:

1. 2027-yil 1-yanvarga qadar import bojxona boji “nol” stavkada qoʻllaniladigan ayrim turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PF-5-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2026-y., 06/26/5/0051-son)

1-1. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-37-son Farmonidan kelib chiqib, 2024-yil 21-fevraldan boshlab amal qiladi.

(1-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PF-5-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2026-y., 06/26/5/0051-son)

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.Oʻ. Umurzakov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 20-oktabr,

PQ-5262-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-oktabrdagi PQ-5262-son qaroriga ILOVA

2027-yil 1-yanvarga qadar import bojxona boji “nol” stavkada qoʻllaniladigan ayrim turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar

(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PF-5-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2026-y., 06/26/5/0051-son)

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PF-5-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2026-y., 06/26/5/0051-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.