PQ-5264-son Qaror · 23.10.2021

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4919-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-5264
  • Qabul qilingan sana:23.10.2021
  • Kuchga kirgan sana:23.10.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/21/5264/0991

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida paxta xomashyosini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni kengaytirish orqali suv tanqisligining salbiy taʼsirini yumshatish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4919-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 23-oktabr,

PQ-5264-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-oktabrdagi PQ-5264-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4919-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish

2-ilovaning “III. Subsidiyalar miqdorlari” bobining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2. Subsidiyalarning bazaviy hisoblash miqdorlari quyidagicha belgilanadi:

* — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi paxta maydonlarida joriy etilgan tomchilatib sugʻorish texnologiyalari uchun 12 000 ming soʻm etib belgilanadi;

** — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi donli ekinlar yetishtirish maydonlarida joriy etilgan keng qamrovli hamda “sprinkler” tizimlari uchun 9 000 ming soʻm etib belgilanadi;

*** — tomchilatib yoki yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari bilan birgalikda joriy qilingan taqdirda lazerli tekislash uchun subsidiya mablagʻlari ajratilmaydi.

Izoh: mevali ekinlar va uzum uchun moʻljallangan subsidiyalar 2019-yilda va undan keyingi yillarda tashkil etilgan yangi intensiv bogʻ va tokzorlarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarni joriy qilgan loyihalar tashabbuskorlariga beriladi.”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.